Apple tarixida yangi rekord qayd etildi

Apple tarixida yangi rekord qayd etildi

2017 yilning 30 dekabrida nihoyasiga yetgan so‘nggi chorakda Apple 77,3 mln dona smartfon sotib, $88,3 mlrd dollar daromaddan $26,3 mlrd. dollar sof foyda ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kompaniya tarixidagi eng yirik miqdorda foyda olingan chorak bo‘ldi va rekordni yangiladi.

Kecha bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida Apple rahbari Tim Kuk o‘tgan chorakni o‘ta omadli kelganini qayd etdi. Shu bilan birga, kompaniyaning ma’lum qilishicha, iPhone savdosi pasayishda davom etmoqda. 2018 yilning birinchi moliyaviy choragi bu to‘g‘rida guvohlik bermoqda.

2017 yilning 12 sentyabrida taqdim qilingan iPhone X avvalgi modellardan jiddiy farq qilsa ham, uning ommaviy ravishda sotilishi uzoqqa cho‘zilmadi.

2017 yilning so‘nggi choragi bilan taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, Apple o‘shanda 78,3 mln dona iPhone sotib, $78,4 mlrd dollar daromad va $23,4 mlrd. dollar sof foyda qilgan.

Amerikaning FactSet Research Systems kompaniyasi tahlilchilariga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida 80 mln. dona iPhone smartfoni sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.