Apple Watch: harakat va ovoz orqali boshqarishda innovatsion qurilma

Apple Watch: harakat va ovoz orqali boshqarishda innovatsion qurilma

Cyensorli tizim zamonaviy raqamli qurilmalardan foydalanishda muhim o‘rin egallagan bir paytda, Apple Watch aqlli soatini o‘z foydalanuvchisining xatti-harakatlari va ovoziga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan moslamaga aylantirish borasida izlanishlar olib borilmoqda.

Misol, soat nechaligini bilish istagida bo‘lgan foydalanuvchi soatli bilagini 90 gradus yuqoriga ko‘tarsa, soat uning vaqtni bilmoqchi ekanligini anglaydi. Yoki qo‘lida issiq qahva idishini ko‘targan holatda ketayotgan odam soatli bilagiga qarat “Hoy, Siri, qo‘ng‘iroqni amalga oshir!” deb topshiriq bersa, shuni  o‘zi kifoya. Ayniqsa, kinoteatr yoki teatrda bugun qanday namoyish bo‘lishi haqida soatingiz yordamida javob olsangiz, ayni muddao bo‘lsa kerak.

iOS qurilmalari uchun maxsus yaratilgan Siri – shaxsiy yordamchi va savol-javob tizimi ham telefonni cho‘ntakdan olmasdan turib uning imkoniyatlaridan foydalanishga, kundalik ishlarni rejalashtirishda yordam beradi.

So‘nggi 6 oy mobaynida 2400 nafar Apple’ning aqlli soatlari foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov xulosalari soatlarning foydalanuvchi interfeysida harakat va ovoz orqali boshqarish tizimining mavjudligi katta qulaylik ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ishtirokchilarning ta’kidlashlaricha, Apple Watch uchun iOS operatsion tizimi mutaxassisi Kevin Holesh muallifligida yaratilgan Moment ilovasi iPhone qurilmalaridan me’yorida foydalanishni nazorat qilishga yordam berar ekan.

So‘rov natijalari ko‘rsatishicha, Apple Watch taqmaydigan smartfon egalari undan foydalanadiganlarga qaraganda telefon apparatidan 26 foiz ko‘proq foydalanishar ekanlar.

Ko‘rinib turibdiki, qurilmalarning ovoz va harakat yordamida boshqarilishi foydalanuvchini telefonga haddan tashqari bog‘lanib qolishining oldini oladi.

Respondentlarning 90 foizi smart soatlarning faoliyati takomillashgani sayin cho‘ntaklaridagi smartfonlarga kamroq murojaat qilishayotganini, qo‘ng‘iroq va xabarlarni boshqarish osonlashganini aytishgan.

AQSh Milliy xavfsizlik konsulligi taqdim qilgan ma’lumotlarda keltirilishicha, ushbu davlatda qo‘l telefonidan foydalanish oqibatida 1.5 millionta yo‘l trasporti hodisasi sodir bo‘lar ekan.

Apple aqqli soatlariga mo‘ljallangan harakatli yoki ovozli boshqarish tizimi yordamida mazkur yuqori ko‘rsatkichni bir ozga bo‘lsa ham kamaytirishga umid qilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.