Apple xaritalarni yaxshilash uchun dronlardan foydalanadi

Apple xaritalarni yaxshilash uchun dronlardan foydalanadi

Apple kompaniyasi 2012 yilda o‘ziga tegishli kartografik servisni taqdim qilganida ko‘plab foydalanuvchilar uning sifatsizligidan shikoyat qilishgan. Hatto bir muddat Apple xaritalari turli hazillarning asosiy mavzusiga aylangan edi. Shundan beri oradan 4 yil o‘tdi va mazkur xaritalarning sifati ham bir qadar kuchaytirildi. Endilikda esa Apple kartografik ma’lumotlarni pilotsiz uchuvchi qurilmalar orqali to‘plash uchun maxsus bo‘limga ham asos soldi, deb yozmoqda Engadget sayti.

Shu bilan birga boshqa manbalarda kelgan xabarlarga ko‘ra, Apple avtomobillarga mo‘ljallangan navigatsiya xizmati hamda bino ichida harakatlanishga yordam beradigan tizimni ham takomillashtirish maqsadida. “Olma” o‘tgan yili bino ichida navigatsiya yechilmarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan Indoor.io startapini xarid qilgan edi. Bundan tashqari, Indoor Survey nomli ilova ham yaratilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!