ASUS ingichka ramkali Zenbook UX410 noutbukini sotuvga chiqaradi

ASUS ingichka ramkali Zenbook UX410 noutbukini sotuvga chiqaradi

So‘nggi paytlarda ramkasiz yoki o‘ta ingichka ramkali ekranlar ko‘pchilikning e’tiborini tortib kelmoqda. Aksariyat iste’molchilar ham aynan mana shunday xususiyatga ega bo‘lgan gadjetlarni xarid qilishmoqda. Tendensiyadan ortda qolishni istamagan Tayvanning ASUS kompaniyasi ekrani ingichka ramka bilan o‘ralgan Zenbook UX410 noutbukini namoyish qildi. Ultrabukka 14 dyuymli Full HD ekran o‘rnatilgan, ekranning yonidagi ramkalar qalinligi bor-yo‘g‘i 6 millimetrni tashkil qiladi. Qurilmaning og‘irligi – 1,6 kg.  48 Vt/st sig‘imdagi batareya gadjetdan samarali foydalanishga imkoniyat beradi.

5P3Rt1QiquREXL1tkDTHVycsubjSz2t

Hozircha mazkur modelning narxi haqida ma’lumot berilmagan.

ASUS Zenbook UX410 asosiy texnik parametrlari:

  • 14-dyuymli displey (1920x1080 piksel aniqligida);
  • Intel Core i3/i5/i7 Kaby Lake protsessori;
  • GeForce 940MX rusumidagi diskret videokartasi;
  • 4 yoki 8 GB tezkor xotira;
  • 1 TB sig‘imdagi qattiq disk va 512 GBli SSD;
  • Aloqa modullari: Wi-Fi 802.11ac;
  • Portlar: ikkita USB 2.0, USB 3.0, USB Type-C (USB 3.1), HDMI, xotira kartasi sloti;
  • Akkumulyator – 48 Vt/st.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!