Barcha operatorlarning eng arzon va eng qimmat tariflarini taqqoslaymiz!

Barcha operatorlarning eng arzon va eng qimmat tariflarini taqqoslaymiz!

Hozirgi kunda mobil aloqa operatorlari o‘rtasidagi raqobat sabab tarif rejalari tarkibida mijozlarga taqdim qilinadigan MB, daqiqa va SMS paketlari kengayib, xizmatlar sifatida ham shunga mos o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Tariflar soni ortib, tanlash imkoni ham kengayib bormoqda. Quyidagi maqolada biz O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan barcha mobil aloqa operatorlarining eng arzon va eng qimmat tarif rejalarini taqqoslashga qaror qildik. Qani, ko‘raylik-chi qaysi operator o‘z mijozlariga eng maqbul narxlarda eng maqbul shartlarni taqdim qilar ekan. Ma’lumotlar 24.11.2019 sanasi holati bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Eng arzon tarif rejalar

Operator

Tarif reja nomi Abonent to‘lovi (so‘m) Daqiqalar MB SMS
UzMobile «Yoshlar» 5 000/oyiga 500 (tarif doirasida) 0 0
Beeline «Bravo Onlayn!» 550/kuniga 0 0 0
Ucell «Oddiy» 380/kuniga 0 150 0
UMS «Omad» 12 000/oyiga 400 50 50
Perfectum «Pro-100» 300/kuniga 100 100 100

«Yoshlar» tarif rejasi (UzMobile)

•Limitdan tashqari tarmoq ichida bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 25 so‘m;
•Limitdan tashqari O‘zbekiston bo‘yicha bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 25 so‘m;
•Limitdan tashqari bitta SMS narxi: 25 so‘m;
•Limitdan tashqari 1 MB trafik narxi: 25 so‘m;
•Batafsil: www.uztelecom.uz.

«Bravo Onlayn!» tarif rejasi (Beeline)*

•Limitdan tashqari tarmoq ichida bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 95 so‘m;
•Limitdan tashqari O‘zbekiston bo‘yicha bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 125 so‘m;
•Limitdan tashqari bitta SMS narxi: 85 so‘m;
•Limitdan tashqari 1 MB trafik narxi: 420 so‘m;
•Batafsil: www.beeline.uz.

*Tarif doirasida ijtimoiy tarmoqlar uchun kunlik MBlar hamda balans 8 000 so‘m va undan ortiqqa to‘ldirilganda bonuslar taqdim qilinadi.

«Oddiy» tarif rejasi (Ucell)

•Limitdan tashqari tarmoq ichida bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 95 so‘m;
•Limitdan tashqari O‘zbekiston bo‘yicha bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 125 so‘m;
•Limitdan tashqari bitta SMS narxi: 80 so‘m;
•Limitdan tashqari 1 MB trafik narxi: 350 so‘m;
•Batafsil: www.ucell.uz.

«Omad» tarif rejasi (UMS)

•Limitdan tashqari tarmoq ichida bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 12 so‘m;
•Limitdan tashqari O‘zbekiston bo‘yicha bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 12 so‘m;
•Limitdan tashqari bitta SMS narxi: 12 so‘m;
•Limitdan tashqari 1 MB trafik narxi: 12 so‘m;
•Batafsil: www.ums.uz.

«Pro-100» tarif rejasi (Perfectum)

•Limitdan tashqari tarmoq ichida bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 126 so‘m;
•Limitdan tashqari O‘zbekiston bo‘yicha bir daqiqa qo‘ng‘iroq narxi: 126 so‘m;
•Limitdan tashqari 1 MB trafik narxi: 420 so‘m (07:00 dan 23:00 gacha), 210 so‘m (23:00 dan 07:00 gacha);
•Batafsil: www.perfectum.uz.

Keyingi bo‘lim: Eng qimmat tariflar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.