Apple kompaniyasi yangi quloqchinlar dizaynini yaratishda Nothing'dan ilhomlangan

Apple kompaniyasi yangi quloqchinlar dizaynini yaratishda Nothing'dan ilhomlangan

Apple egalik qiladigan Beats kompaniyasi o'zining yangi avlod Studio simsiz quloqchinini taqdim qilish arafasida, edi, biroq Amazon saytida ro'yxatdan o'tgan so'ng mahsulot taqdim qilinishiga hojat qolmadi – Beats Studio Buds+ simsiz quloqchinlari haqidagi barcha ma'lumotlar oshkor bo'ldi.

Hozirda o'chirib yuborilgan Beats Studio Buds+ simsiz quloqchinlarining Amazon onlayn do'konidagi sahifasiga ko'ra, 2021-yilgi Studio Buds davomchilari bu safar kuchli ANC (Active Noise Cancellation), ya'ni shovqinni bekor qilish xususiyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, quloqchinlar endi 3 karra kattaroq mikrofonlar bilan jihozlangan va ularning havo o'tkazuvchi quvurlarida o'zgarishlar bor.

Keys bilan birga quloqchinlar batareyasi quvvati 36 soatgacha yetadi. Keys USB-C porti orqali zaryadlanadi. Quloqchinlar IPX4 bilan suv sachralishiga chidamli deb topilgan. Qo'shimchasiga, Buds+ quloqchinlari "fazoviy audio", qo'llardan foydalanmagan holda Siri va Apple'ning Find My funksiyalaridan foydalanish xususiyatlariga ega bo'ladi.

Texnik xususiyatlardan tashqari Beats Studio Buds+ "o'ziga xos" dizaynga ega yoxud quloqchinlar va ularning keysi shaffof dizaynda bo'lib, ular Nothing Ear simsiz quloqchinlarini eslatib yuboradi. Maxsus shaffof ko'rinishdagi variantdan tashqari Buds+ qora va oq ranglarda taklif qilinadi. Mahsulot narxi ≈170 dollar etib belgilangan.

Beats Studio Buds+ simsiz quloqchinlari 18-may kuni rasman taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.