Benchmarklarni aldovchi bu smartfon juda tez sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  1815
  •  21.06.2017 17:48

Benchmarklarni aldovchi bu smartfon juda tez sotilyapti!

Mobil dasturchilar hamjamiyati – XDA Developers dokladiga ko‘ra, OnePlus 5 smartfoni sintetik test paytida Snapdragon 835 chipining samaradorligini sun’iy oshirish mexanizmini qo‘llaydi. Mutaxassislarning fikricha, kundalik foydalanish paytida smartfon bu qadar yuqori darajadagi samaradorlikni qo‘llab-quvvatlashga qodir emas, deb yozadi PhoneArena nashri.

G‘irrom o‘ynayapti…

One Plus’ning yangi flagmani hali kechagina taqdim etilgan edi, bugun esa u bilan bog‘liq mojaro ko‘tarilmoqda. Aniqlanishicha, test paytida samaradorlikni sun’iy oshirish mexanizmi Snapdragon 835 protsessorining sakkizta yadrosidan to‘rttasini maksimal – 1,9 GGs chastotada ishlashga majbur etadi. Oddiy holatlarda esa chastota smartfon bajarayotgan vazifalarga qarab o‘zgarib turadi.

Tadqiqotlar davomida XDA dasturchilarining aniqlashlaricha, odatda vazifalarning faqat 24,4 foizidagina yadrolar maksimal chastotada ishlaydi. Benchmark testlarida esa bu ko‘rsatkich to‘rt baravarga oshadi, ammo bu smartfonning kundalik ishlashini haqqoniy aks ettirmaydi.

Shuning evaziga OnePlus 5 qurilmasi Snapdragon 835 chipida ishlaydigan barcha smartfonlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etmoqda. U chindan ham o‘ta tezkor va zamonaviy smartfon, biroq testlardagi ko‘rsatkichlar haqqoniy natijalarni aks ettirmayapti.

Ammo bozori chaqqon!

Ayni paytda, OnePlus muassislaridan biri – Karl Pey o‘zining Tvitterida yozishicha, OnePlus 5 bu kompaniyaning «eng tez sotilayotgan qurilmasi» bo‘lib turibdi:

Aytish kerakki, bu da’vo faqat oldindan berilayotgan buyurtmalarga asoslangan. Chunki OnePlus 5 ochiq savdoga hali 27 iyundagina chiqariladi.

Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, mazkur flagman – OnePlus’ning bugungi kundagi eng qimmat smartfonidir. Tag‘in, bunga uning dizayni iPhone 7 Plus’ga o‘xshashligi ham sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Raqiblariga kelsak…

OnePlus 5 anchagina qattiq jangga kirishayotir. Qarang-da, uning raqiblari qanday xususiyatlarga ega:

Model HTC U11 128GB Samsung Galaxy S8 LG G6 64GB Huawei P10 64GB Xiaomi Mi 6 128GB
O‘lchamlari 154x76x7.9 mm 149x68x8 mm 149x72x7.9 mm 145x69x6.98 mm 145x70x7.45 mm
Ekran o‘lchami va sig‘imi 5.5″, 2560×1440 5.8″, 2960x1440 5.7″ 5.1″, 1920×1080 5.15″, 1920×1080
Displey turi Super LCD5 Super AMOLED IPS IPS IPS
Protsessor Qualcomm Snapdragon 835 Samsung Exynos 9 8895 Qualcomm Snapdragon 821 HiSilicon Kirin 960 Qualcomm Snapdragon 835
Tezkor xotira 6 GB 4 GB 4 GB 4 GB 6 GB
Batareya sig‘imi 3000 mA/soat 3000 mA/soat 3300 mA/soat 3200 mA/soat 3350 mA/soat

Voqealar rivojini biz bilan kuzating!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!