Biz sotib ololmaydigan 512 GB’li Samsung Galaxy Note 9

  •   Saroy
  •  3142
  •  19.06.2018 12:42

Biz sotib ololmaydigan 512 GB’li Samsung Galaxy Note 9

Samsung Galaxy Note 9  flagman smartfoni  512 GBli ichki xotiraga ega bo‘lishi haqida avval yozilgan edi.  Janubiy Koreyaning  yirik operatorlarining biri  KT  ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Kartinada  Note 9 emas. Ko‘rinib turibdiki, operator shunchaki sahifani mahsulot bilan  to‘ldirmoqchi bo‘lgan.

KT’ning flagman dukonlarida Samsung Galaxy Note 9’ning bir yo‘la uchta modifikatsiyasi paydo bo‘ldi. . Afsuski, na haqiqiy tasviri, na tavsif ro‘yxati berilgan. Hozircha faqat SM-N960 model raqami (oxirida sotiladigan mintaqani bildiradigan yana bitta raqam yoki harf qo‘shilgan), smartfonning    64, 256 va 512 gigabaytga ega ichki xotirasi ma’lum qilindi.

O‘QING: Samsung sir tutib kelayotgan ikki ekranli buklama smartfonning suratlari paydo bo‘ldi

Nimagadir, kompaniya  128 GB li variantni o‘tkazib yuborgan, garchi u Koreyaning o‘ziga xos  versiyasi bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa-da.  Mish-mishlarga qaraganda,  512 GB li  Galaxy Note 9 cheklangan bozorga mo‘ljallangan. Hozircha gap faqat Janubiy Koreya hamda Xitoy haqida bormoqda, boshqa mamlakatlar haqida hech narsa aytilmayapti.

Janubiy Koreyaning o‘zida  Galaxy Note 9’ga buyurtma qabul qilinayotganda Samsung kompaniyasi tomonidan simsiz zaryadka yoki  DeX Pad dok-stansiyasi sovg‘a qilinishi mumkin.

Samsung Galaxy Note 9 tashqi ko‘rinishi bilan o‘zidan avvalgi versiyaga o‘xshab ketadi,   tavsifi bo‘yicha Galaxy S9+ modeliga o‘xshab ketadigan  diafragmali qo‘sh kamerasi bor, akkumulyatori 4000 mAch sig‘imiga ega. Barmoq izlari skaneri ob’yekt ostiga joylashgan. Ichida, qaysi bozorga chiqarilishiga qarab yoki Exynos 9810, yoki Snapdragon 845bo‘ladi,  tezkor xotirasi 6 GB yoki 8 GB (512 GB li modeliga ). Stilus S Pen ham joyida.

O‘QING: Galaxy S9 va S9+ savdosida muammolar kuzatilmoqda

Samsung Galaxy Note 9’ning rasmiy taqdimoti Avgust boshlariga rejalashtirilgan. Darvoqe, ichki xotirasi sig‘imi bo‘yicha rekordchi 1 TB bilan Xitoyning Smartisan Nut R1 smartfoni sanaladi.