Blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etish tashkil etiladi

Blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etish tashkil etiladi

Turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy investorlar o‘rtasida yuzaga keladigan shartnomaviy va boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Qarorga asosan blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolar Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

O‘QING: O‘zbekiston aloqa uchun Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshidan foydalanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.