«Boshqacha» Xiaomi Mi Mix 2S’ni har ikki tomonidan «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  4099
  •  05.03.2018 11:10

«Boshqacha» Xiaomi Mi Mix 2S’ni har ikki tomonidan «jonli» tomosha qilamiz!

Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi 27 mart kuni o‘zining Mi Mix 2S smartfonini rasman taqdim etmoqchi. Ushbu qurilma haqidagi bir qancha ma’lumotlar va uning bitta «jonli» rasmi ham turli manbalar tomonidan e’lon qilingan.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi Mi MIX 2S ilk «jonli» suratda: mutlaqo romsiz displeyda barmoq izi skaneri!

Ammo kuni kecha Weibo tarmog‘ida mazkur flagmanning yana ikkita – old va orqa tomonidan tushirilgan rasmi tarqaldi. Negadir unda smartfon o‘tgan galgi xabarlardagidan sal boshqacharoq ko‘rinishga ega.

Mana, old tomonidan ko‘rinishi:

Asosiysi – guvohi bo‘layotganingizdek, Xiaomi Mi Mix 2S ekrani romsiz dizaynga ega va unda old kamera yo‘q. Avvalgi «sizib chiqqan» xabarlar asosidagi ayrim suratlarda ekranning yuqori o‘ng burchagida «kemtik» bo‘lib, unga old kamera joylangan edi.

O‘QING: Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!

Agar Xiaomi old kamera sensorini ham displey ortiga yashirishning uddasidan chiqqan bo‘lmasa, u holda, xuddi Vivo APEX modelidagi singari, Mi Mix 2S’da ham bu kamera korpusning yuqorisi qirrasidan chiqadigan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Mi Mix 2S modelida daktiloskopik sensor ekranning o‘ziga integratsiya qilinishi haqida ham ma’lumotlar tarqalgan. Biroq yangi suratlarga ishonsak, ularda korpusning orqa qopqog‘ida – qo‘shaloq kamera ostida barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi.

Ushbu suratlar haqiqiymi yoki yasamami – buni hali vaqt ko‘rsatadi. Chunki xitoyliklar feyk rasmlar, xabarlar orqali shov-shuv ko‘tarishni ham xush ko‘rishadi.

O‘QING: Bizni aldashibdi: iPhone X uslubidagi Xiaomi Mi Mix 2s suratlari feyk bo‘lib chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!