Bu texnologiya qudratli neft sanoatini inqirozga uchratadi

Bu texnologiya qudratli neft sanoatini inqirozga uchratadi

Jadal rivojlanayotgan texnologiyalar tadqiqoti bilan shug‘ullanadigan amerikalik Tech Xplore kompaniyasining tahlillariga ko‘ra, to‘liq elektr quvvati bilan harakatlanadigan elektromobillar “erasi”gacha oz fursat qoldi.

Unga ko‘ra, yaqin yillar ichida bu texnologiya huquqiy jihatdan tartibga solinadi. 2030 yilga kelib rivojlangan davlatlarda yo‘lovchilar tomonidan bosib o‘tilgan masofaning 95 foizi elektr avtomobillar xizmatiga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon 2021 yildan boshlab ommalasha boshlaydi.

Natijada, jamoat transporti, jumladan xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalardan foydalanish bir necha barobarga arzonlashib, odamlar shaxsiy avtomobillardan ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchilarning mashinalaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Tahlillarga ko‘ra, bu orqali oilalar oylik daromadlarining 10 foizini tejab qolishga erishadilar.

Bu texnologiya Yer sayyorasida hukmron bo‘lgan “neft siyosati”ga ham ta’sir ko‘rsatib, neft iste’molini keskin qisqarishiga sababchi bo‘ladi. Misol uchun, 2016 yilda jahonda har kuni 96 million barrel neft iste’mol qilingan bo‘lsa, 2021 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich kamayib, 70 millionga tushadi.

Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, 2030 yilga kelib yo‘lovchi avtotransporti uchun neftga bo‘lgan ehtiyoj 90 foizga kamayadi. Natijada, yoqilg‘i mahsulotlarining narxi tushib ketib, neft sanoati inqirozga yuz tuta boshlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!