Chrome OS tizimli ilk planshetni Acer taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  724
  •  27.03.2018 11:37

Chrome OS tizimli ilk planshetni Acer taqdim etdi

Google kompaniyasining Chrome OS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi, tachskringa ega har xil gadjetlar ko‘p. Ammo ular orasida aynan planshet shu paytgacha yo‘q edi.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r Android-plansheti bilan tanishing!

Acer kompaniyasi esa Chrome OS bazasidagi ilk planshet – Chromebook Tab 10’ni taqdim etdi. Ekranining o‘lchami diagonaliga 9,7 dyuymni tashkil etuvchi mazkur qurilma ta’lim maqsadlarida qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘lib, Android-ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshet displeyining tasvir aniqligi 2048x1536 pikselga teng. Devays olti yadroli Rockchip OP1 (RK3399) protsessori bazasida ishlaydi. Uning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 4 hamda 32 gigabaytni tashkil etadi.

O‘QING: Acer smartfon qalinligidagi qudratli ultrabukini taqdim etdi

Yangi planshetning old va orqa tomonlarida tegishlicha 2 va 5 megapikselli kameralar joylashgan. Chromebook Tab 10 stereodinamiklarga, microSD formatli xotira kartasi slotiga, USB 3.1 Type-C porti hamda 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishiga ega. U simsiz aloqaning Wi-Fi (802.11ac) hamda Bluetooth 4.1 modullari bilan ta’minlangan. Akkumulyatorining sig‘imi ma’lum qilinmasa-da, 9 soatgacha avtonom ishlay olishi ta’kidlangan.

Chromebook Tab 10 to‘lig‘icha sensorli boshqaruvga asoslangan – unga klaviatura ulab bo‘lmaydi. Lekin bu planshet jamlanmasida Wacom EMR stilusi ham mavjud – u chizish va qo‘lyozma qaydlar yozish uchun qo‘llanadi.

Acer Chromebook Tab 10 plansheti AQShda shu yilning aprel oyidan 329 dollar narxida, Yevropa va boshqa bir qator hududlar bozorlarida esa may oyidan 329 yevro qiymatida savdoga chiqariladi.

O‘QING: iPad planshetlarining Toshkentdagi narxlari (2018 yil 20 mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!