Davrimizning ilg‘or flagmanlari quvvat bo‘yicha kuch sinashdilar

Davrimizning ilg‘or flagmanlari quvvat bo‘yicha kuch sinashdilar

Samsung’ning Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge — jahonning eng ilg‘or flagmanlari ekani shubhasiz. Kompaniyaning Germaniyadagi bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan videoda bu ikkala smartfon akkumulyatorning uzoq faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha davrimizning boshqa ilg‘or “bayroqdor”lariga qarshi jangga kirishdi.

Sinov musobaqasida 5 ta eng mmabop va nufuzli “aqlli telefon”lar, jumladan LG G5, Huawei P9, Sony Xperia X, HTC 10 va iPhone 6S samsung mahsulotiga qarshi kurashga kirishdi. Taxminan 6,5 soat o‘gach, flagmanlarni quvvati qurib, birin-ketin o‘cha boshlashdi.


Birinchi bo‘lib LG G5’ning holi quridi (6 soat 31 daqiqa, 49 soniya), so‘ngra Huawei P9 (6 soat 51 daqiqa, 43 soniya) o‘chdi-qoldi, undan so‘ng navbat Sony Xperia X’yetib (7 soat 15 daqiqa, 35 soniya) keldi. Tayvanlik HTC 10 esa bir oz sabr qilib (8 soat, 3 soniya), uyam uzoqqa chidamadi. Nihoyat, iPhone 6S 8 soat va 31 daqiqa, 57 soniyaga kelganda “jon berdi”. Ammo, bu vaqtda Samsung’ning Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge flagmanlarida hali quvvat bor edi.

Videoni o‘zingiz ham tomosha qiling.

S7 Edge’ga to‘la quvvat 10 soat, 34 daqiqa, 11 soniyaga yetgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi — Galaxy S7 smartfonining akkumulyatori 10 soat, 59 daqiqa, 11 soniya “turib berib” eng baquvvat ekanini namoyish qildi.

5.1 dyuymli ekrani QHD Super AMOLED platformasida ishlaydigan displeyga ega qurilmaning metall va shisha xomashyosining qorishuvidan hosil bo‘lgan korpus nafis va silliqligi bilan e’tiborni tortadi va IP68 sertifikatiga ega. Flagman quvvat toshining sig‘imi 3000 mA soat. Quick Charge 2.0 texnologiyasi yordamida u 30 daqiqada quvvatini 60 foizga oshira oladi.

Samsung Galaxy S7 haqida batafsil tavsif:

Samsung Galaxy S7: imkoniyati smartfondan yuqori gadjet

Samsung Galaxy S7 ww.asaxiy.uz internet do‘konida 3,556,000 so‘mdan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!