DIQQAT! Telefon raqamlarimiz 9 raqamli bo‘lyapti

  •   DiMaX
  •  6077
  •  18.08.2018 10:11

DIQQAT! Telefon raqamlarimiz 9 raqamli bo‘lyapti

Joriy yilning sentyabr oyidan poytaxtimizda telefon raqamlarining 9 xonali tizimiga o‘tilmoqda. Bu haqda «O‘zbektelekom» sayti rasman ma’lumot bergan.

O‘QING: «O‘ZBEKTELEKOM» rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, 2018 yil 10 sentyabrdan 30 sentyabrgacha Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Yangi tizimga o‘tilgach, bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin «71» kodini terish kerak bo‘ladi.

Misol: Eski raqam – 278xxxx, yangi raqam – 71 278xxxx

Shuningdek, 2018 yil 10 sentyabrdan 11 sentyabrgacha «BUZTON», «EAST TELECOM», «SARKOR TELECOM», «SHARQ TELECOM» operatorlari tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Yangi tizimga o‘tilgach, bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin «78» kodini terish kerak bo‘ladi.

Misol:

Eski raqam «BUZTON» – 120xxxx, yangi raqam – 78 120xxxx

Eski raqam «EAST TELECOM» – 150xxxx, yangi raqam – 78 150xxxx

Eski raqam «SARKOR TELECOM» – 122xxxx, yangi raqam – 78 122xxxx

Eski raqam «ShARQ TELECOM» – 113xxxx, yangi raqam – 78 113xxxx

O‘QING: Internet-kanallar narxlari bir oyda ikkinchi marta pasaytirilmoqda – endi internet arzonlashadimi?

Bundan tashqari, 2018 yil 10 sentyabrdan 11 sentyabrgacha mobil operatorlar tarmog‘ida ham 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Yangi tizimga o‘tilgach, bugungi kunda mavjud mobil telefon raqamini terishdan oldin uyali kompaniyaning kodini terish kerak bo‘ladi.

Misol:

Beeline:

Eski raqam – 956xxxx, yangi raqam 90 956xxxx

Eski raqam – 132xxxx, yangi raqam 91 132xxxx

UMS:

Eski raqam – 426xxxx, yangi raqam – 97 426xxxx

Perfectum:

Eski raqam – 115xxxx, yangi raqam – 98 115xxxx

Uzmobile:

Eski raqam – 899xxxx, yangi raqam – 99 899xxxx

Eski raqam – 195xxxx, yangi raqam – 95 195xxxx

Ucell:

Eski raqam – 381xxxx, yangi raqam – 93 381xxxx

Eski raqam – 630xxxx, yangi raqam – 94 630xxxx

«O‘zbektelekom» chaqirilayotgan abonent raqamini terayotganda e’tiborli bo‘lish lozimligini ta’kidlagan, shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!