Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)

  •   DiMaX
  •  2668
  •  22.12.2017 11:07

Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov kelasi yili bu loyihasini monetizatsiya qilishni, ya’ni undan moddiy foyda olishni boshlamoqchi. Biroq u raqobatchilari kabi reklama yo‘li bilan emas, balki o‘z kriptovalyutasini chiqarish orqali pul topmoqchi.

O‘QING: Pavel Durov Telegram​ foydalanuvchilarining erkinligi va anonimligini himoya qilishga va’da berdi

Durovning rejalari haqida uning sobiq xodimi – yaqinda ishdan bo‘shatilganidan so‘ng u bilan sudlashgan Anton Rozenberg ma’lum qilgan, deb yozadi Life nashri.

Rozenberg so‘zlariga ko‘ra, Durov Osiyo mamlakatlariga kirib borib, ularni o‘zining virtual to‘lov tizimi bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Mazkur loyiha TON (Telegram Open Network) deb nomlanadi. Bu – kriptovalyutali blokcheyn-platforma bo‘lib, Durov undan kamida ikki jihatdan foyda ko‘radi. Birinchidan, Telegram yanada ommalashadi; ikkinchidan, nihoyat, bu messenjer moddiy foyda keltira boshlaydi. Shu tariqa, Telegram asoschisi «bir o‘q bilan ikkita quyonni ovlash»ni ko‘zlagan.

TON loyihasi haqidagi videolavhani tomosha qilamiz:

O‘QING: Pavel Durov: Kreml bilan jang, sargardon umr, Telegram va qiymati oshayotgan bitkoynlari

Avvalroq Durov Bloomberg nashriga bergan intervyusida, o‘z messenjerini 2018 yilda monetizatsiya qila boshlashini ma’lum qilgan. Ammo buni qanday amalga oshirishini aytmagan.

Umuman olganda, Pavel Durov kriptovalyutaga juda qiziqadi; u bitkoinlarni «virtual oltin» deb biladi va bu borada ijobiy fikrda. Shulardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Telegram bilan bog‘liq o‘z kriptovalyutasini chiqarishini kutish mumkin. Mazkur kriptovalyutaga pul tikkan Telegram foydalanuvchilari kelajakda uning qiymati oshib borishi tufayli millionerga aylanib ketishi taxmin qilinmoqda. Ammo endi buni vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: Bitcoin.com asoschisi barcha bitkoinlarini sotdi. Ertak tugayaptimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!