Egilib-bukiladigan akkumulyator ixtiro etildi

Egilib-bukiladigan akkumulyator ixtiro etildi

Xitoy fanlar Akademiyasi olimlari egiladigan, bukiladigan va cho‘ziladigan akkumulyator yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Loyiha mualliflaridan birining fikricha, bu elektrolitlardan tarkib topgan yupqa plyonka bo‘lib, ikki tomoniga gidrogel qoplangan.

Yangi ixtiro kelajagi yorqinligiga olimlar ishonch bildirmoqda. Qalinligi 1 sm keladigan kondensatorlar to‘qimachilik sanoatida qo‘llanishi mumkin. Qolaversa, uni kiyimga qoplab tikib olib mobil qurilmalarni quvvatlasa bo‘ladi.

Aytish kerakki, hali ixtironing kam-ko‘stini bitirish kerak, chunki sig‘imi unchalik yuqori emas.

Dekabr oyining boshlarida shvetsiyalik olimlar qog‘ozsimon batareya yaratishgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!