EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9 mustahkamligini tirnab va yondirib sinab ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  1987
  •  12.03.2018 14:02

EKSKLYuZIV VIDEO: Galaxy S9 mustahkamligini tirnab va yondirib sinab ko‘rishdi!

Samsung’ning yangi – Galaxy S9 hamda S9+ modellarining rasmiy namoyishi bo‘lib o‘tdi, ularni turli jihatlari bo‘yicha boshqa kompaniyalarning smartfonlari bilan taqqoslash ishlari ham o‘tkazilmoqda. Xo‘sh, bu flagmanlarning korpusi qanchalik mustahkam ekan?

O‘QING: DxOMark’da yangi rekord: Galaxy S9+ kamerasi iPhone X va Pixel 2’ni «o‘tirg‘izib qo‘ydi»!

 Mashhur texnobloger hamda JerryRigEverything nomli YouTube-kanal muallifi Zak Nilson shu masalaga oydinlik kiritishga qaror qildi. Ya’ni, yap-yangi Samsung Galaxy S9 smartfonini olib, uning mustahkamlik sinovini o‘tkazdi va bu jarayonning videosini e’lon qildi.

Janubiy koreyalik kompaniyaning ta’kidlashicha, Galaxy S9 modellarining korpusida avvalgi «ajdod»laridagiga nisbatan pishiqroq metall qotishmasi qo‘llangan. Shuningdek, uning ekraniga ham yanada mustahkam va qalin Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Shular evaziga «to‘qqizinchi galaktika» flagmanlari korpusi avvalgi smartfonlarga nisbatan baquvvatroq chiqqan bo‘lishi kerak.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 1. Gorilla Glass 5 himoyali Super AMOLED displey (+video)

Ammo quyidagi videodan ko‘rishimiz mumkinki, Gorilla Glass 5 ham baribir avvalgi avlod modellaridagi kabi bemalol tirnalyapti. Lekin baribir, Galaxy S9’lar qo‘ldan tushib ketsa shikastlanishi ehtimoli kamaygan. Shuningdek, old va asosiy kameralar modullari toblangan shisha yordamida ishonchli himoyalangan.

Mana, test jarayonini birga tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘lganingizdek, korpusning orqa tomonidagi barmoq izi skaneri osongina tirnalyapti, lekin hatto shunchalik kuchli shikastlangan holida ham ishlashda davom etyapti.

Qo‘l bilan bukishga urinilganida, Galaxy S9 hech bir tomonidan buklanmadi. Garchi sakkizinchi avlod flagmani ham shunday natija ko‘rsatgan esa-da, yangi modelda mustahkamlik yanada oshgan, deyish mumkin.

O‘QING: iPhone X va Galaxy S9+’ning samaradorlik bo‘yicha «jonli» bellashuvi: kutilmagan natija!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.