Endi Ucell abonentlari hisoblariga Rossiya operatorlari abonentlari hisoblaridan pul o‘tkazish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1684
  •  17.05.2018 09:41

Endi Ucell abonentlari hisoblariga Rossiya operatorlari abonentlari hisoblaridan pul o‘tkazish mumkin!

Uyali aloqa operatorlari o‘z abonentlariga xizmatlarga to‘lov qilishning, o‘z hisoblarini to‘ldirishning bir nechta yo‘llarini taklif etishadi. Jumladan, Ucell ham bu borada mijozlariga bir necha xil yechimlar taqdim etgan.

O‘QING: Ucell aksiyasi: hisobni QIWI orqali to‘ldirib, 100 foizlik bonus oling!

Endi Rossiyaning «MTS», «Megafon», «Bilayn» va «Tele2» operatorlari abonentlari Ucell abonentlarining mobil hisoblarini bitta klik yoki SMS yuborish orqali to‘ldirishlari mumkin. Bu xususda kompaniyaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Rossiyaning yuqorida ko‘rsatilgan operatorlari abonentlari, qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, kunning istalgan vaqtida o‘zlarining Rossiya raqamlari hisoblaridan 15 000 rublgacha pul o‘tkazishlari mumkin. Buning uchun «MOBI.Money» to‘lov tizimi sahifasiga kirish yoki rublda ifodalangan to‘lov miqdorini 3116 raqamiga SMS tarzida yuborish kifoya.

Qanday to‘ldiriladi?

O‘z hisobidan Ucell mobil hisobiga mablag‘ o‘tkazish uchun «MTS», «Megafon», «Bilayn» yoki «Tele2» abonenti o‘z mobil telefonidan quyidagi tarzda SMS yuborishi mumkin:

  1. 3116 qisqa raqamiga tegishli matnli SMS-xabar yuboriladi. Masalan:

99893XXXXXXX 100 yoki

99894XXXXXXX 100

bunda: XXXXXXX – hisobi to‘ldiriladigan raqam;

100 – rublda ifodalangan miqdor.

O‘tkazma miqdori rublda, probellarsiz, nuqtalarsiz va vergullarsiz yaxlit son tarzida, 15 000 rublgacha ko‘rsatiladi.

  1. Operatordan SMS-xabar keladi, unda rublda yechiladigan mablag‘ miqdori haqidagi ma’lumot hamda to‘lovga rozilikni tasdiqlash so‘rovi bo‘ladi.
  2. To‘lovni tasdiqlovchi javob SMS-xabari yuboriladi.
  3. Javoban haqi to‘langan xizmat va yechilgan mablag‘ miqdori ko‘rsatilgan SMS-xabar keladi.

Xizmat haqi-chi?

Rossiya uyali aloqa abonentlari o‘z raqami hisobidan jo‘natgan pul mablag‘lari Ucell raqamining asosiy hisobiga o‘tkaziladi.

Valyuta konvertatsiyasi Rossiya Federawiyasi Markaziy Bankining o‘tkazma paytidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Konvertawiyada o‘tkazma miqdorining 3,5 ajbpb miqdorida haq olinadi.

Pul mablag‘larini Ucell mobil raqamiga o‘tkazishda quyidagicha hajmda komissiya haqi yechib olinadi:

«MTS» – 2%;

«Megafon» – 5%;

«Bilayn» – 5%;

«Tele2» – 5%.

Komissiya haqi mablag‘ yuboruvchi abonentning qo‘shimcha hisobidan yechib olinadi. Masalan, agar «Megafon» abonenti o‘z raqamidan Ucell abonentining raqami hisobiga 100 rubl o‘tkazmoqchi bo‘lsa, tasdiqlovchi SMS-xabarda unga o‘z hisobidan 105 rubl yechishga so‘rov keladi.

Konvertatsiya uchun komissiya (3,5%) hisobga olingan holda, 100 rubl o‘tkazilganida, Ucell abonenti hisobi 96,5 rublga (RF MB kursi bo‘yicha so‘mda) to‘ldiriladi.

O‘QING: 31 martdan Ucell’ning «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi doimiy bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!