Eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar reytingida Apple yetakchi, Samsung ancha pastladi, Xiaomi esa kuchli uchlikka chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1542
  •  19.05.2018 16:46

Eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar reytingida Apple yetakchi, Samsung ancha pastladi, Xiaomi esa kuchli uchlikka chiqdi!

Kuni kecha Counterpoint tadqiqot kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi holatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha eng ommalashgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, kuchli o‘ntalikning naq beshta pog‘onasini Apple mahsulotlari zabt etdi!

O‘QING: Top-10: Eng qudratli Android-smartfonlar (AuTuTu talqini)

Buni qarangki, 2018 yilning birinchi choragida jahonda eng xaridorgir bo‘lgan modellar kupertinolik gigantning aynan eng qimmat modellari – iPhone X hamda iPhone 8 Plus ekan. Ular jami smartfonlar bozoriining tegishlicha 3, 5 hamda 2,3 foiz ulushini tashkil etdi.

Uchinchi o‘rin Android-smartfonlar orasida eng xaridorgiriga nasib etdi, lekin bu Samsung yoki boshqa biror yetakchi kompaniyaning emas, balki nisbatan yosh Xiaomi korporatsiyasining mahsuloti bo‘lib chiqdi! O‘ziyam uning ilg‘or flagmanlari emas, balki eng hamyonbop Redmi 5A modeli kuchli uchlikka kirdi.

Aytish kerakki, Xiaomi birinchi bor ushbu chorakda kuchli uchlikka kira olgan. Yana aynan shu Redmi 5A modelining savdosi yaqinda Strategy Analytics kompaniyasi tadqiqotida ham yuqori baholangan edi.

O‘QING: Eng arzon Xiaomi smartfoni eng qimmat Samsung flagmanidan qaysi ko‘rsatkichda o‘zib ketdi?

To‘rtinchi o‘rin ham «Osmon osti saltanati» vakillariga nasib etdi – OPPO A83 modeli. Mana, joriy yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

«Yashil robotchali» mobil qurilmalar bo‘yicha yetakchi – Samsung kompaniyasi esa, ko‘rib turganingizdek, Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ modellari bilan beshinchi va oltinchi o‘rinlarnigina egallay olgan. Shuningdek, janubiy koreyaliklarning hamyonbop Galaxy J7 Pro gadjeti to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.

Reytingning yettinchi, sakkizinchi va o‘ninchi pog‘onalari ham Apple’ga tegishli – tegishlicha iPhone 7, iPhone 8 hamda iPhone 6 modellari.

O‘QING: Samsung yangi reklamasida yana iPhone ustidan kuldi