Eng ko'p tarqalgan Android versiyasi bu...

Eng ko'p tarqalgan Android versiyasi bu...

Avvallari Google o'zining Android operatsion tizimi versiyasilari haqida statistik ma'lumotlar ulashib borar va undan smartfonlarda qaysi Android ulushi ko'proq ekanligini yoki yangi versiyalarning qabul qilinish darajasi kabi narsalarni bilib olish mumkin edi. Biroq, bu ma'lumotlar Apple'ni iOS operatsion tizimining yangi versiyalari qabul qilinishi darajasiga taqqoshlanishi bilan Google'ning o'ziga qarshi ishlatildi. Oxir-oqibatda statistik ma'lumotlar deyarli yangilanmay qo'yildi.

Biroq so'nggi yangiliklarga qaraganda, Google o'zining Android versiyalari tarqatilishi haqidagi jadvallarni may oyida yangilagan ko'rinadi, lekin undan Android 12 ulushi ko'rsatilmagan. 9to5Google nashrining xabar berishicha, yangi statistika endilikda Android Studio ichida ko'rsatiladi va ular har olti oyda yangilanadi. 

Yangi ma'lumotlarga ko'ra, Android 11 o'zining 28.3% ulushi bilan diagrammaning eng ko'p qismini egallab turibdi. Garchi noyabrdagi statistika bilan solishtirganda 2.6 foizga kamaygan bo'lsa ham Android 10 qurilmalardagi 23.9% ulushi bilan ikkinchi o'rinni band qilgan.

Ulardan keyingi o'rinlarni esa mos ravishda Android Pie, Oreo (Android 9, 8) va boshqalar egallagan. Ko'rish mumkinki, ularning ulushi borgan sari tushib bormoqda va bu hayron qoladigan narsa emas, chunki yangi versiya chiqarilganidan keyin odamlarni unga yangilanishni boshlaydilar.

Google yaqinda o'zining Android 13 operatsion tizimining ikkinchi beta versiyasini chiqardi va rejalarga ko'ra, yangi avlod Android'i shu yilning kuz faslida chiqariladi.

O'QING: Snapdragon 8+ Gen 1 uchun nomzodlar ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!