Eng kuchli Android-smartfonlar (fevral bo‘yicha AnTuTu talqini)

  •   DiMaX
  •  1872
  •  14.03.2018 13:46

Eng kuchli Android-smartfonlar (fevral bo‘yicha AnTuTu talqini)

AnTuTu kompaniyasi har oyda samaradorligi eng yuqori bo‘lgan «yashil robotchali» smartfonlar reytingini e’lon qilib keladi. Kuni kechagina u Weibo tarmog‘idagi sahifasida bu boradagi yangilangan ro‘yxatni taqdim etdi.

O‘QING: Eng kuchli Android-smartfonlar: top-uchtalikni bitta kompaniya zabt etdi!

Yangi ro‘yxat 2018 yilning fevral oyida AnTuTu servisida o‘tkazilgan testlar natijalari asosida tuzilgan. Aytish kerakki, yanvar oyidagi reyting bilan solishtirganda, o‘zgarishlar yo‘q hisobi.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, ro‘yxatda dastlabki oltita o‘rinni Kirin 970 protsessori bazasidagi Huawei Mate 10 Pro, Mate 10 va Honor V10 modellari, shuningdek, yakka kristalli Snapdragon 835 chipi bilan ishlovchi OnePlus 5, OnePlus 5T va ZTE Nubia Z17 smartfonlari band etgan. Yettinchi pog‘ona sohibi ZTE Nubia Z17s bo‘lsa, keyingi ikki o‘rinni Xiaomi’ning Mi 6 hamda Mi Mix 2 modellari band etgan. Samsung esa Galaxy Note 8 fableti bilan kuchli o‘nlikning oxirigagina «zo‘rg‘a ilinib» qolgan.

Tabiiyki, janubiy koreyaliklarning fevralning oxirida taqdim etilgan Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlari bozorga chiqarilgach, keyingi reytinglarda jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Darvoqe, O‘zbekistonda ham allaqachon Samsung’ning bu smartfonlariga buyurtma olish boshlangan.

O‘QING: Galaxy S9+ va boshqa Samsung smartfonlarining narxlari (2018 yil 12 mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!