Eng kuchli Android-smartfonlar: top-uchtalikni bitta kompaniya zabt etdi!

  •   DiMaX
  •  2565
  •  28.02.2018 17:40

Eng kuchli Android-smartfonlar: top-uchtalikni bitta kompaniya zabt etdi!

AnTuTu kompaniyasi samaradorligi eng yuqori bo‘lgan Android-smartfonlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.  Mazkur ro‘yxat 2018 yilning 1 yanvaridan 31 yanvarigacha bo‘lgan muddatda ushbu benchmarkda o‘tkazilgan testlar natijalari asosida tuzilgan.

O‘QING: Top-10: fevral boshida dunyo bo‘ylab eng ommalashgan smartfonlar

Snapdragon 845 hamda Exynos 8910 protsessorlariga asoslangan smartfonlar bozorga kirib kelishi bilan vaziyat o‘ta darajada o‘zgarishi aniq. Ammo ungacha smartfonlar samaradorligi reytingida Kirin 970 protsessorida ishlovchi qurilmalar yetakchilik qilmoqda. O‘ziyam, Huawei mazkur ro‘yxatning eng yuqorisidagi uchta o‘rinni hech kimga bermagan!

Xullasi kalom, hozirda samaradorligi eng yuqori bo‘lgan smartfon – Mate 10 Pro bo‘lib turibdi. Huawei’ning «sun’iy idrok» tizimiga ega, yakka kristalli Kirin 970 protsessori bilan jihozlangan ushbu qurilma chindan ajoyib – yaqindagina u mashina boshqarishda ham zukkolik ko‘rsatgan edi.

O‘QING: VIDEO: Porsche avtomobili rulida – Mate 10 Pro smartfoni!

Samarador smartfonlar reytingining ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini tegishlicha  Huawei Mate 10 hamda Honor V10 band etgan; ular ham Kirin 970 platformasiga ega.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni yakka kristalli Snapdragon 835 tizimi bilan jihozlangan OnePlus 5 va OnePlus 5T devayslari egallagan. Oltinchi o‘rinni ZTE Nubia Z17 olgan bo‘lsa, Xiaomi yettinchi va sakkizinchi qatorlarni o‘zining Mi 6 va Mi Mix 2 smartfonlari bilan band qilgan; ularning ikkalasi ham Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi.

Buni qarangki, xitoylik smartfonsozlardan tashqari, mazkur reytingga faqat Samsung kira olgan. Uning Galaxy Note 8 fableti va Galaxy S8+ flagmani o‘nlikning oxiriga zo‘rg‘a ilinib qolgan.

O‘QING: Top-10: 2017 yil so‘ngida dunyoda eng ommalashgan smartfonlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!