Eron: «bomba otasi»ni sun’iy yo‘ldoshdan foydalanib Isroil o‘ldirgan

  •   DiMaX
  •  622
  •  07.12.2020 09:02

Eron: «bomba otasi»ni sun’iy yo‘ldoshdan foydalanib Isroil o‘ldirgan

Shu yilning 27 noyabr kuni Eron mudofaa vazir o‘rinbosari, yadro-fizik Muhsin Faxrizoda Tehron yaqinidagi suiqasd natijasida halok bo‘lgandi. Mamlakat qurolli kuchlari vakili Ramazon Sharif uning sun’iy yo‘ldoshdan boshqariladigan qurol yordamida o‘ldirilganini tasdiqladi, deb yozmoqda Xabar.uz nashri.

O‘QING: VIDEO: Eron armiyasi o‘z jangovar robotlari bilan maqtanmoqda

Faxrizoda og‘ir jarohat olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Marhum olim Mudofaa vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion tashkilotning rahbari, harbiy kafedra rahbarining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

«Sepah News» portalining xabariga ko‘ra, yuqori martabali harbiy amaldor Faxrizodani o‘ldirishda «sun’iy yo‘ldosh tomonidan boshqariladigan zamonaviy elektron uskunalardan foydalanilgan»ini aytgan.

«Fars» agentligining ma’lum qilishicha, u 150 metr uzoqlikdagi «Nissan» avtomashinasiga o‘rnatilgan va masofadan boshqariladigan quroldan otib o‘ldirilgan. Suiqasd sodir bo‘lgan joyda Faxrizoda va uning soqchilaridan boshqa hech kim bo‘lmagan.

Sun’iy yo‘ldosh haqidagi ma’lumotni avvalroq «Al-Alam» telekanali o‘z manbalariga tayangan holda e’lon qilgan edi.

Jinoyat sodir etilgan joyda jinoyatchilarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Eron rasmiylari tomonidan tasdiqlandi. Ular suiqasdni kim rejalashtirgani va qotillikka aloqador boshqa shaxslarni aniqlashganini ma’lum qilishdi.

Eron hukumati sodir bo‘lgan hodisada Isroilni, shuningdek, mamlakatda taqiqlangan «Eron xalq mujohidlar tashkiloti»ni ayblab, qotillikka javob qaytarishga va’da berdi. Eronning ba’zi rasmiylari AQSh va Saudiya Arabistonining aloqalariga ham ishora qilmoqda.

O‘QING: Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...