Facebook ham o‘z kriptovalyutasini chiqarmoqchi

  •   DiMaX
  •  777
  •  12.05.2018 15:59

Facebook ham o‘z kriptovalyutasini chiqarmoqchi

Keyingi paytlarda butun dunyo bo‘ylab kriptovalyuta turlari keng tarqalayotganidan xabaringiz bor. Jumladan, Telegram kompaniyasi ham o‘zining kripto-pulini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)

Manbalarning xabar berishicha, endi Facebook kompaniyasi ham o‘z kriptovalyutasini yaratishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniya bu yo‘nalishni bir yilcha avval o‘rgana boshlagandi, bugungi kunga kelib esa mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi jamoani ham shakllantirgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘ndan ortiq mutaxassisni jamlagan ushbu jamoa blokcheyn texnologiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. Unga Messenger ilovasi uchun mas’ul bo‘lgan vitse-prezident Devid Markus rahbarlik qilayotir.

Kriptovalyutani Facebook ijtimoiy tarmog‘i ichidagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llash uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bunda Telegram’dagi singari ICO o‘tkazish (ya’ni, cheklangan miqdordagi tokenlarni ommaviy sotuvga chiqarish) ko‘zda tutilmagan.

Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Facebook o‘z kriptovalyutasini yo‘lga qo‘yishi uchun ham bir necha yil muddat kerak bo‘lishi mumkin. Ehtimol, buning uchun u blokcheyn bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni xarid qilishiga ham to‘g‘ri kelar.

O‘QING: «Mangu» pikcyellari: kriptovalyuta emas, balki milliy kristavalyuta!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.