Facebook izohlarda «dislayk»ni sinab ko‘rmoqda

  •   DiMaX
  •  782
  •  10.02.2018 15:49

Facebook izohlarda «dislayk»ni sinab ko‘rmoqda

Eng ommabop ijtimoiy tarmoqda postlar yoki izohlarga «Yoqdi» belgisini qo‘yish va turlicha shakllarda o‘z munosabatini bildirish funksiyasi bor. Eni esa ularga qo‘shimcha yana bitta – «Yoqmadi» munosabat belgisi ham paydo bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Facebook shaxsiy xabarlarda munosabat bildirish va «dislayk»ni sinay boshladi

Yangi funksiya ommaviy sahifalarning postlariga yozilgan izohlarni «Yoqmadi» deb baholash imkonini beradi. Biroq bu belgi «Dislike» emas, balki «Downvote» deb nomlanmoqda.

Qaysi izohni shu – pastga qaragan bosh barmoq belgisi bilan baholasangiz, shu izoh sizga ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi. Siz esa bu izohga qo‘ygan «dislayk»ingiz sababini bildirishingiz mumkin bo‘ladi: haqoratlovchi, adashtiruvchi yoki mavzudan tashqari, deb.

O‘QING: Facebook’ka yana bir muhim funksiya qo‘shilmoqda – u endi sizni har yerdan topa oladi!

«Dislayk» qo‘yish funksiyasining skrinshotlari dastlab Twitter tarmog‘ida tarqalgan, keyin esa buni kompaniya matbuot xizmati ham tasdiqlagan.

«Biz «dislayk» tugmachasini sinovdan o‘tkazayotganimiz yo‘q. Biz kishilarga, ommaviy sahifalarning postlariga yozilayotgan izohlar haqida fikrlarini bildirishga imkon beruvchi funksiyani ko‘rib chiqmoqdamiz», deya ta’kidlashgan Facebook’dagilar.

Aftidan, xuddi Reddit’dagi singari, Facebook’dagi «downvote» tugmachasi ham foydalanuvchilar ko‘proq qanday mavzularga qiziqishlarini o‘rganishda, haqorat va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda yordam beruvchi funksiyalardan biridir.

«Dislayk» funksiyasi hozircha AQShdagi kam sonli foydalanuvchilar uchun taqdim etilgan. Uning ommalashtirilishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Facebook siz undan foydalanganingiz uchun qancha topishini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!