Facebook qurilmangiz mikrofoni orqali sizni eshitib turadimi?

Facebook qurilmangiz mikrofoni orqali sizni eshitib turadimi?

So‘nggi paytlarda Facebook bilan bog‘liq mojarolar to‘xtovsiz davom etayotganidan xabaringiz bor. Kecha Facebook foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishda mas’uliyatsizlik qilgan, degan da’vo yuzasidan kompaniya asoschisi va rahbari Mark Sukerberg AQSh Senatiga chaqirildi. Senatorlar o‘zlari muhim hisoblagan savollarga javob topishga harakat qildilar. Shulardan biri «Facebook tarmog‘i foydalanuvchilarni o‘z qurilmalari mikrofoni orqali eshitib turishi rostmi?» degan savol bo‘ldi.

Facebook o‘ziga qarashli Instagam kabi turli ilovalar orqali foydalanuvchilar ovozini yozib olib, olingan ma’lumotlar yordamida reklamalar tarqatishni optimallashtiradi, degan shubhalar bundan bir necha yil oldin ko‘tarilgan edi. 2016 yilda Facebook bunday shubhalarni rasman rad etgan edi.

Kechagi Senat tinglovida ham aynan shu savol yana bir bor Mark Sukerberg ga berildi. Facebook rahbari bunday shubhalalarni «fitna nazariyasi» deb atab, kompaniya o‘z mijozlari ovozini hech qanaqasiga yashirincha eshitib bormasligini yana bir bor ta’kidladi.0

O‘QING: Sukerberg bir ish ustida qo‘lga tushdi. Endi undan shu narsani butun Facebook'da joriy qilishni talab qilmoqdalar

«Ha yoki yo‘q, Facebook foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yanada aniqlashtirish maqsadida mobil qurilmalardan yashirincha yozib olingan ovozlarni o‘rganadimi?» savol bergan senatorlardan biri.

«Yo‘q,» deb javob bergan Mark Sukerberg qat’iy ohangda.

Shundan so‘ng Sukerberg ba’zi narsalarga aniqlik kiritib o‘tishni istashini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar tomonidan yozib olingan videolardagi ovozlarni Facebook eshita oladi, lekin boshqa vaziyatlarda kompaniya qurilmaning mikrofonidan yashirincha foydalanmaydi.

O‘QING: Sukerberg sizning Facebook’dagi ma’lumotlaringizni tarqatgani uchun Kongressda javob beradi

«Bu gaplariningiz men eshitib kelayotgan mish-mishlarni yo‘qqa chiqaradi, deb umid qilaman,» degan savol bergan senator. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘p odam, hatto, uning ba’zi qo‘l ostidagilari ham ayni shubha bilan unga murojaat qilganlar.

Sukerberg ning bu savolga nisbatan to‘liq javobini quyida o‘qishingiz mumkin:

«Senator, bu savolga aniqlik kiritishimga ijozat bersangiz. Siz aytayotgan gaplar, ya’ni biz qurilma mikrofoni yaqinida aytilayotgan har bir so‘zni tinglab, olingan audio yozuvni reklamalar uchun ishlatishimiz - ancha paytdan beri mavjud ’fitna nazariyasi’, xolos. Ochig‘ini aytishim lozim, biz odamlar o‘z qurilmalari orqali videolarni tasvirga tushirib, tarmog‘imizda ulashishlariga imkon berganmiz. O‘zingiz bilasiz, videolarda, odatda, ovozlar ham bo‘ladi. Shunday ekan, tarmog‘imiz orqali videoni tasvirga tushirayotgan paytingiz biz, albatta, undagi ovozlarni eshitib turamiz. Bor gap shu. Ishonamanki, men savolga batafsil javob berdim.»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!