Facebook va YouTube muammolari faqat bizda, deysizmi? Mana, qo‘shnilarga qarang...

Facebook va YouTube muammolari faqat bizda, deysizmi? Mana, qo‘shnilarga qarang...

Qozog‘istonda kechqurunlari Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ishlashi bilan bog‘liq muammolar vujudga kelmoqda. Ya’ni ijtimoiy tarmoq faoliyatida ma’lum vaqt davomida uzilishlar kuzatilmoqda.  Bu haqda Forbes Kazakhstan ma’lum qildi.

Qozog‘istonning Axborot va kommunikatsiya vaziri Dauren Abayevning ta’kidlashicha,  Facebook va YouTube ishlamay qolishiga vazirlikning hech qanday aloqasi yo‘q hamda vazirlik hech nimani “bloklagani” yo‘q! 

Shuningdek, Dauren Abayev Instagram'ning ommaviylashib ketayotgani Facebook'ning mashhurligiga "soya" solayotganini aytgan.

O‘zbekistonda esa YouTube videoxostingiga kirishdagi muammolar oktyabr oyining boshida boshlangandi. Ungacha Facebook tarmog‘iga kirishda ham muammolar bo‘lgan. 

Bundan tashqari, Rossiya, Belarus, Litva, Latviya va Estoniyada yashovchilar, qolaversa, Sharqiy Yevropa va Buyuk Britaniyada ham qisman «ijtimoiy nosozlik» kuzatilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ning “taqdiri” yana noma’lum!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!