Fortune: Dunyoning nufuzli kompaniyalari reytingi e’lon qilindi

Fortune: Dunyoning nufuzli kompaniyalari reytingi e’lon qilindi

Fortune nashri 2017 yilning yakunlari bo‘yicha jahonning eng nufuzli kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Apple korporatsiyasi bu yil ketma-ket o‘n birinchi marotaba mazkur e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Kuchli o‘ntalikda boshqa texnologik gigantlar orasidan Amazon (2-o‘rin), Alphabet (3-o‘rin) hamda Microsoft (7-o‘rin) kompaniyalarini ko‘rish mumkin.

Mazkur reytingga har yili AQSh ning 1000 ta, jahonnning 500 ta eng serdaromad muassasalari kiritiladi. Ularning daromadi kamida 10 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Undan so‘ng har bir soha bo‘yicha yetakchi kompaniya aniqlanadi. Umuman olganda, bu ro‘yxatga jahon miqyosida 29 davlatdan 680 kompaniya o‘rin oladi.

Fortune mutaxassislari bir qancha marketing va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilib, kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni hamda daromadini tahlil qilishadi. Shuningdek, nufuzli kompaniyalar ovoz berish yo‘li bilan ham saralanadi.

Shubha yo‘qki, Apple korporatsiyasi 2017 yilni yuqori natija bilan yakunladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili mobaynida olingan yuqori daromad tufayli uning "cho‘ntagi"dagi mablag‘ 900 milliard dollarga yetgan va tez orada bu mablag‘ning trillion dollarga yetishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!