Foxconn ishchilarni robotlar bilan almashtirmoqda

Foxconn ishchilarni robotlar bilan almashtirmoqda

Apple va boshqa yirik firmalarning qurilmalarini tayyorlaydigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich avtomatlashtirishni boshladi, deb yozmoqda China-Review sayti.

Kompaniya birinchi bosqichda ishlab chiqarish liniyasidagi xavfli tizimlar yoki ishchilarga yoqmaydigan joylarda (bir xil va og‘ir amaliyotlar) robotlardan foydalanmoqchi. Ikkinchi bosqichda esa qisman robotlar bilan avtomatlashgan liniyalar tashkil etiladi, uchinchi bosqichda esa to‘liq avtomatli liniyalarni yo‘lga qo‘yish rejalangan. Buning natijasida zavoddagi ishchilar soni keskin kamayishi kutilmoqda. Borib-borib fabrikada faqat sinov ishlari, logistika va liniyani nazorat qiladigan kam sonli xodimlarning qolishi aytilmoqda.

Xitoyning Chendu, Shenchjen ap Chjenchjou shaharlarida joylashgan Foxconn zavodlari ayni paytda ikkinchi va uchinchi avtomatlashtirish bosqichida bo‘lib, aksar ishlab chiqarish liniyalari qisman va to‘liq avtomatlashtirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!