Galaxy J7 (2017) rekord darajada arzonlashdi

Galaxy J7 (2017) rekord darajada arzonlashdi

Samsung kompaniyasi yangi hamyonbop modellarni har yili yangi jihatlar bilan boyitib ostuvga chiqarmoqda. Eng arzon "Galaxy J" turkumining to‘ng‘ich vakili bo‘lgan Galaxy J7 (2017) AMOLED-ekran, NFC moduli va himoyalangan korpusi, tezkor quvvat oladigan sig‘imdor akkumulyatori bilan ajralib turadi. Ayniqsa, O‘zbekistonda bu model juda yaxshi sotilmoqda. Bir necha hafta ichida Samsung Galaxy J7 (2017) xalqaro smartfon bozorida sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, Rossiyada ham.

Samsung Galaxy J7 (2017) brendning rasmiy do‘konlarida 340 AQSh dollaridan sotilayotgan bo‘lsa ham, "ko‘cha" bozorlarida uning narxi deyarli 30 foizga tushib ketdi hamda smartfonni 265 dollardan xarid qilish mumkin.

O‘qingSamsung Galaxy J7 (2017): asil aynimas ekan-da!

Odatda smartfon sotuvga chiqarilganidan bir chorak o‘tib, uning narxi "tashlaydi". Ekspertlarning fikricha, Samsung Galaxy J7 (2017)'ning arzonlashishi ham shu bilan bog‘liq. Hozircha, "Malika"da Samsung Galaxy J7 (2017) 2.1 million so‘mdan sotilmoqda. Xalqaro smartfon bozoridagi arzonlashuv "ob-havosi" tez orada bizga ham yetib kelsa ajab emas.

5.5 dyuymli FullHD sig‘imli, SuperAMOLED-displeyli, 8 yadroli Samsung Exynos protsessoriga ega, 3 GB operativ xotira, 2 ta SIM-kartali, MicroSD qo‘shimcha xotira kartasini o‘qiydigan, 13 megapikselli bosh va old kamera hamda 2 ta fotochaqnoq bilan ta’minlangan Android-smartfon uchun bu yomon narx emas. Ayniqsa, NFC moduli to‘lovlarni elektron tizim orqali amalga oshirish imkonini beradi.