Galaxy Note 10 – Samsung’ning eng katta smartfoni!

  •   DiMaX
  •  2540
  •  24.12.2018 11:09

Galaxy Note 10 – Samsung’ning eng katta smartfoni!

Samsung korporatsiyasining 2019 yilga rejalari katta – Galaxy Flex buklama smartfoni, uchta modelda oddiy Galaxy S10 va uning bitta 5G-versiyasi. Shuningdek, u an’anaviy tarzda yirik ekranli Galaxy Note 10 fabletini ham taqdim etadi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 10 haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

Mashhur insayder Ine universe o‘zining Twitter-akkauntida Samsung kompaniyasining kelasi yili namoyish etadigan flagmanlari o‘lchami haqida ma’lumot e’lon qildi. Unga ko‘ra, Galaxy Note 10 planshetofoni janubiy koreyaliklarning eng o‘lchami katta telefoni bo‘ladi. Uning ekrani diagonaliga 6,75 dyuymlik bo‘lib, bu o‘tgan yilgi Note 9 fabletidan va «ashaddiy raqibi»ning iPhone XS Max modelidan ham yirik, deganidir.

Bundan tashqari, kompaniyaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi versiyadagi Galaxy S10 smartfoni displeyi ham boshqalarinikidan kattaroq – 6,66 dyuymlik bo‘lar ekan. Samsung’ning boshqa smartfonlari ham birmuncha katta ekranga ega:

  • Galaxy S10 Lite – 5,75 dyuymlik;
  • Galaxy S10 (Edge) – 6,11 dyuymlik;
  • Galaxy S10+ – 6,44 dyuymlik.

Bunaqa katta o‘lchamli displey qo‘llaganda, korpusning umumiy o‘lchami beso‘naqay bo‘lib ketmasligi uchun, romlarni yanada yupqalashtirishga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, bozorga chiqarilgan ba’zi Samsung smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!