Galaxy Note 9 iPhone 7'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

Galaxy Note 9 iPhone 7'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

Bugun taniqli nashrlardan biri bo‘lgan GSMArena Samsung Galaxy Note 9 fabletiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra yangi smartfon foydalanuvchilar diqqatini jalb qiladigan o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘ladi.

Aniqlanishicha, Samsung Galaxy Note 9 smartfoni o‘zining "ajdodi"dan tubdan farq qiladi. Xususan, flagman ekrani kattalashib 6,4 dyuymga yetadi. Super AMOLED matritsali ekran sig‘imi 2960 ga 1440 ta piksel sig‘imiga (QHD+) ega bo‘ladi. Ekranning tomonlari nisbati 18,5:9 standartli qilib ishlanadi. Natijada ilg‘or fabletning o‘lchamlari yiriklashadi. Bundan tashqari, telefondagi elektr toki sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan batareya ham ko‘pchilik uchun yangilik bo‘ladi.

Ishchi nomi "Crown" (Toj) bo‘lgan fabletda ilk marotaba  Infinity Display 2.0 ekrani tatbiq qilinadi. Bu ekranda birinchi marta virtual barmoq izi skaneri o‘rnatilishi mumkin. 

Misol uchun, Galaxy Note 8 fabletida 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatordan foydalanilgan. Qiziq jihati har ikkala fabletga o‘rnatilgan batareyalarning hajmi bir xil o‘lchamda. Quvvat manbaining 20-30 foizga kattalashishi foydalanuvchiga telefondan bir yarim kun bemalol foydalanish imkonini beradi.

O‘qing: Huawei "Malika"dagi "eng arzon Xiaomi'ning raqibini taqdim qildi

Shu bilan birga, Samsung Galaxy Note 9 modelining 8 yadroli Exynos 9810 (Yevropa va boshqa hududlarda) yoki Snapdragon 845 (AQSh va Xitoy) protsessori bilan ta’minlanishi ham ma’lum bo‘lgan.

Flagman 6 gigabaytli tezkor hamda 64/128/256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. microSD orqali doimiy xotirani kattalashtirish mumkin.

Flagman korpusi shisha xomashyosidan tayyorlanadi, chang va suvdan himoya tizimi joriy qilinadi. Samsung Galaxy Note 9 taqdimoti 2018 yilning avgustida bo‘lib o‘tadi.

O‘qing: "Malika"da arzonlashgan Galaxy A8'ning jiddiy raqibi bor!

Samsung Galaxy Note 9 brendning 3,5 millimetrli va audio quloqchinlarga mo‘ljallangan qadrdon tuynukdan voz kechgan ilk smartfoni bo‘lishi mumkin. Apple'ning iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus flagmanlari 2016 yilda bu portdan voz kechgan jahondagi ilk smartfonlar bo‘lishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!