Galaxy Note7’dagi nosozlik tufayli Apple iPhone7 komponentlari uchun buyurtmalarni oshirdi

Galaxy Note7’dagi nosozlik tufayli Apple iPhone7 komponentlari uchun buyurtmalarni oshirdi

Albatta, bozor qoidasiga ko‘ra bitta ishlab chiqaruvchida kuzatilgan muammo ikkinchi ishlab chiqaruvchining foydasiga ishlashi mumkin. Avgust oyining boshida taqdimoti bo‘lib o‘tgan Samsung Galaxy Note7’ning batareyasida kuzatilgan nosozlik tufayli Apple kompaniyasi bugun (7-sentyabr) namoyish etilishi kutilayotgan iPhone7 smartfoni uchun komponentlar buyurtmalarini 10%ga oshirgan. Bu haqda DigiTimes resursi xabar bergan. MacRumors nashrining yozishicha, Apple Samsung fabletida aniqlangan jiddiy muammo (Samsung dunyo bo‘ylab 2,5 mln dona Galaxy Note7 smartfonini chaqirib olgan) sabab mazkur ishga qo‘l urgan.

Avvalroq Apple telefonlariga bo‘lgan talab kamayganligi qayd qilingan edi. Hatto kupertinolik gigant iPhone7 savdolari 2-yarim yillikda iPhone 6S modelining 2015 yildagi qo‘rsatkichiga qaraganda ikki baravar kam bo‘lishini prognoz qilgan edi. Ammo endi ushbu prognozlar o‘zgaradiganga o‘xshaydi. Shunga qaramay, ekspertlar rasmiy sotuvlar boshlanishidan oldin buyurtmalarning keskin ortishi modelning 4-chorakdagi savdolariga salbiy ta’sir qilishini qayd qilib o‘tishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!