Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

  •   DiMaX
  •  3181
  •  04.05.2018 18:28

Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

Samsung kompaniyasi odatda o‘zining flagman smartfonlari – Galaxy S turkumi modellarini har yili fevral oyi oxiridagi Mobile World Congress ko‘rgazmalarida taqdim etib kelmoqda. Ammo turkumning navbatdagi – Galaxy S10 modeli, bu an’anadan chekingan holda, kelgusi yil yanvaridagi CES 2019 tadbirida namoyish qilinadi.

O‘QING: To‘rt kamerali, «kemtik»siz va romsiz ekranli Galaxy S10 videosini tomosha qilamiz

Bir qaraganda, janubiy koreyalik texnogigantning ushbu qadami biroz g‘alati, ammo bunga jiddiy sabab mavjud, deb yozadi SamMobile nashri. Gap shundaki, mazkur kompaniya 2019 yilning birinchi yarmida o‘zining buklama smartfoni – Galaxy X modelini ham taqdim etishni ko‘zlagan. Tabiiyki, bu inqilobiy smartfonning taqdimoti Galaxy S10 savdosiga xalaqit berishini Samsung istamaydi. Shuning uchun ham u yubiley smartfonini yanvarda, mutlaqo yangicha gadjetini esa keyinroq namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Hozirgacha tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, Galaxy X modeli 7.3 dyuymlik displeyga va o‘ta yuqori texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Garchi bu devays haqda har xil ma’lumotlar tarqalgan bo‘lsa-da, shu paytgacha internetga uning birorta ham «jonli» surati chiqmagan. Uni faqat konsept rasmlarda va videolarda ko‘rib kelayotirmiz.

O‘QING: VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!