Galaxy S8’ning shartli nomi qanday bo‘lgani aytildi

Galaxy S8’ning shartli nomi qanday bo‘lgani aytildi

Samsung vitse-prezidenti Gayyun Kim Galaxy S8 flagman smartfonini «Apple ustidan qozonilajak g‘alaba orzusi» deb atadi. Bosh menejer devays muvaffaqiyatidan kutilayotgan umidlari xususida Mashable nashriga gapirib bergan.

Janob Kimning aytishicha, Galaxy S8 mobil aloqa vositasi Samsung tarixidagi eng innovatsion gadjetdir. Kompaniyaning ko‘p ming sonli xodimlari bu “aqlli telefon” ustidan 3 yildan ko‘proq vaqt mobaynida ishladilar. Uning so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S8’ning kompaniya ichidagi shartli nomi – «dream», ya’ni «orzu» bo‘lgan.

Suhbat chog‘ida Samsung rahbari bu orzu bir qator maqsadlarni, jumladan bozordagi ashaddiy raqib Apple bilan raqobatda mutloq g‘alaba qozonishni ham ifodalashini gapirib bergan. Kompaniya, ayniqsa Galaxy Note 7 flagmani bilan bog‘liq omadsizlikdan so‘ng mijozlar oldidagi obro‘-nufuzini tiklashga majbur.

Bir muddat avval Bloomberg nashrida yozilishicha, Samsung rahbariyati amerikalik Apple iPhone 7’ni “yer tishlatish” uchun ham Galaxy Note 7’ni kuchli jihatlar bilan haddan tashqari boyitish bo‘yicha topshiriq bergan va oxir-oqibat bu modelning ommaviy yonib ketishiga sababchi bo‘ldi. Galaxy Note 7’ning muvaffaqiyatsiz hikoyasi Samsung’ga $5 mlrd. zarar keltirdi.

29 mart kuni taqdim qilingan Galaxy S8 flagman smartfoni to‘g‘risida bu yerda o‘qing.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.