Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 6. Live Focus va Background Blur funksiyalari (+video)

  •   DiMaX
  •  1161
  •  28.02.2018 16:53

Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 6. Live Focus va Background Blur funksiyalari (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant bu yilgi flagmanlarining «plyusli» versiyasiga qo‘shaloq ob’yektivli kamera o‘rnatgan. Ammo Galaxy S9’larning o‘tgan yilgi «galaktika»lardan farqi shu bilangina cheklanib qolmasligini Samsung maxsus videoroliklarda ko‘rsatib bergan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 4. Soniyada 960 kadr tezligida slow-mo video oluvchi kamera (+video)

Jumladan, Galaxy S9+ modelining asosiy kamerasi ikkita modulidan biri keng burchakli, ikkinchisi esa teleob’yektivlidir.

Shu ikkinchi datchik nafaqat ikki karra optik zumni ta’minlab beradi, balki Live Focus hamda Background Blur funksiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada bu kamera yordamida yuksak badiiylikka ega portretlar suratga olish mumkin.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 5. Har qanday yorug‘lik sharoitida ham ajoyib kadrlar! (+video)