Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 7. Ilg‘or biometrika imkoniyatlari (+video)

  •   DiMaX
  •  1368
  •  01.03.2018 10:30

Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 7. Ilg‘or biometrika imkoniyatlari (+video)

Samsung kompaniyasi Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlarini taqdim etganida, ko‘pchilik ular o‘tgan yilgi «ajdod»lariga o‘xshab qolganini aytgan. Janubiy koreyalik texnogigant esa ularning farqlari ko‘pligini, bu yilgi flagmanlarining boshqa ishlab chiqaruvchilar smartfonlaridan ham ustun jihatlarini ko‘rsatish uchun maxsus videoroliklar ishlab chiqqan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 5. Har qanday yorug‘lik sharoitida ham ajoyib kadrlar! (+video)

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone X superflagmanidagi ilg‘or texnologiyalardan biri – apparat va dasturiy ta’minot darajasidagi yuz skaneri bo‘ldi. Samsung smartfonlarida esa foydalanuvchining yuzini tanish funksiyasi avvaldan mavjud edi, Galaxy S9 modelida u yanada takomillashgan.

Shuningdek, Galaxy S9 flagmanida biometrik identifikatsiyaning boshqa usullari ham mavjud. Jumladan, ko‘z rangdor pardasi skaneri hamda yuz skaneri bu modelda baravariga ishlashi mumkin. Shuningdek, korpusning orqa qopqog‘ida qulay o‘rnashgan daktiloskopik sensor ham xizmatga tayyor.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 6. Live Focus va Background Blur funksiyalari (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!