Galaxy smartfonlarining Android 12 operatsion tizimiga o‘tish sanalari e’lon qilindi
Kuni kecha qaysi Galaxy smartfonlari Android 12 operatsion tizimiga o‘tishi haqida ma’lumot bergan edik. Biroq ularga ushbu yangi tizim qachon jo‘natilishi noma’lum edi.
O‘QING: Android 12 hamda One UI 4.0 operatsion tizimiga o‘tuvchi Galaxy smartfonlar ro‘yxati
O‘tgan yili Samsung o‘zining ko‘plab smartfonlarini uch yillik Android yangilanishi bilan ta’minlashga va’da bergan edi.
Hozirda S21 seriyasi yangi Android 12 operatsion tizimiga o‘tmoqda. Xo‘sh, qolgan modellar qachon Android 12 tizimiga o‘tadi?
FrontTron insayderi Galaxy smartfon va planshetlarining Android 12 operatsion tizimiga o‘tish sanalarini ma’lum qildi. Avvalroq ushbu ma’lumot Samsung tomonidan e’lon qilingandi, biroq ko‘p o‘tmay u tarmoqdan o‘chirib tashlandi.
Ko‘rsatilgan sanalar Koreyadagi Galaxy smartfonlariga tegishli, biroq boshqa mamlakatlardagi smartfonlarga ham aynan ushbu sanalarda dastur yangilanishi kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kompaniyaning rejalariga qarab, belgilangan sanalar o‘zgarishi mumkin.
2021 yil noyabr
Galaxy S21
Galaxy S21+
Galaxy S21 Ultra
2021 yil dekabr
Galaxy Z Fold 3
Galaxy Z Fold 2
Galaxy Z Flip 3
Galaxy Z Flip 5G
Galaxy S20
Galaxy S20+
Galaxy S20 Ultra
Galaxy Note 20
Galaxy Note 20 Ultra
2022 yil yanvar
Galaxy Z Fold
Galaxy Z Flip
Galaxy Note 10
Galaxy Note 10+
Galaxy S20 FE
Galaxy S10
Galaxy S10+
Galaxy S10e
Galaxy A52
Galaxy A42
Galaxy A Quantum 2
2022 yil fevral
Galaxy Tab A7
Galaxy Tab S7 Plus
2022 yil aprel
Galaxy A51
Galaxy A90
GalaxA Quantum
Galaxy Tab A7 FE
Galaxy Tab S6
Galaxy Tab S6 5G
2022 yil may
Galaxy Tab S6 Lite
Galaxy A32
Galaxy A31 Galaxy A12
2022 yil iyun
Galaxy Tab A7 Lite
2022 yil iyul
Galaxy A21s
Galaxy Xcover5
Galaxy M12
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, kompaniyaning yangiroq bo‘lgan flagmanlari shu yilning o‘zidayoq Android 12 tizimini qabul qilib oladi.
Nisbatan eskiroq bo‘lgan flagmanlar esa kelasi yilning boshidan boshlab yangi operatsion tizimga o‘tishni boshlasa, planshet hamda o‘rta toifadagi smartfonlarga Android 12 operatsion tizimi kelasi yilning aprel va iyul oylari orasida jo‘natiladi.
O‘QING: YouTube'da dizlayklar soni endi oddiy foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi