Gboard klaviaturasi yangilandi: qoraqalpoq tili, GIF-suratlar va oson qidiruv...

  •   DiMaX
  •  1827
  •  23.05.2018 18:49

Gboard klaviaturasi yangilandi: qoraqalpoq tili, GIF-suratlar va oson qidiruv...

Google kompaniyasi o‘zining Android mobil operatsion tizimi uchun taqdim etgan qiziqarli ilovalaridan biri – Gboard’ni yangiladi. Endi bu ilova faqat klaviatura bo‘libgina qolmasdan, unga ko‘plab qo‘shimcha funksiyalar ham tatbiq qilindi.

O‘QING: SwiftKey klaviaturasiga GIF va stikerlar qo‘shildi! (+video)

Mazkur ilovaning yangi talqinida GIF-animatsiya yaratishning o‘zgacha usuli taqdim etilgan. Buning uchun klaviaturadagi maxsus tugmachani bosib, kamerani ishga tushirasiz va olingan videotasvirni GIF-faylga aylantirib, undan o‘zingiz istagancha foydalanasiz. Shuningdek, nomi bo‘yicha GIF-animatsiya izlab topish ham mumkin.

Bundan tashqari, ilovaga ko‘plab qiziqarli funksiyalar ham tatbiq etilgan. Uning stikerlar galereyasiga tag‘in 500 ta yangi stiker qo‘shilganini ta’kidlash o‘rinli. Google qidiruvi bevosita klaviaturaning o‘zigayoq joriy etilganligi foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik bo‘lgan.

Shuningdek, Gboard yana o‘n oltita yangi tilni ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Ular orasida qoraqalpoq tili ham mavjudligi quvonarli (o‘zbek tili qo‘llab-quvvatlovi esa avvaldan bor).

Android-qurilmalar egalari Gboard klaviaturasini Google Play ilovalar katalogidan mana bu havola orqali yuklab yoki yangilab olishlari mumkin.

O‘QING: Xushxabar: Google Maps’ga 39ta yangi, jumladan, o‘zbek tili ham qo‘shildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!