Google Apple'ga 3 mlrd dollar to‘laydi

Google Apple'ga 3 mlrd dollar to‘laydi

iPhone va iPad qurilmalarida Google qidiruv tizimining o‘rnatilgani uchun jahonning yirik dasturiy ta’minot kompaniyasi Apple'ga qancha to‘laydi deb o‘ylaysiz?  

Bernstein tahlilchi kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2017 yilda bu miqdor 3 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Apple qurilmalaridan kelib tushadigan foyda Google mobil qidiruvdan oladigan daromadining yarmidan ko‘piga teng. Shu bois, Tim Kuk va uning jamoasi tez orqada Mauntin-Vyudan maxsus to‘lov qog‘ozini olishsa, ajab emas.

2014 yilda esa Google kupertinolik IT-gigantga 1 milliard dollar to‘lab bergan edi. Google o‘z tizimlarini iOS platformasiga mo‘ljallab tayyorlaydi va bunda Apple'ning yordamiga muhtoj.

Biroq, Apple'ning so‘nggi chorak yakunidagi rejalari Google kompaniyasini xursand qilmasligi mumkin. Sababi, "Olma"  korporatsiyasi dasturiy ta’minot xizmatlarini rivojlantirishni o‘zining biznes-strategiyasiga kiritdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.