Google+ ijtimoiy tarmog‘i 2019 yilda yopiladi

  •   Saroy
  •  607
  •  09.10.2018 14:45

Google+ ijtimoiy tarmog‘i 2019 yilda yopiladi

Google oddiy foydalanuvchilar uchun o‘zining Google+ ijtimoiy tarmog‘ini 10 oydan keyin yopishini ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha,   xavfsizlik bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘yilgani  ma’lum bo‘lgach shu qarorga kelingan. Chunki bu holat chet kompaniyalar dasturchilari uchun foydalanuvchilar haqida ko‘p ma’lumot olishga imkon yaratgan, aslida bunda bo‘lmasligi kerak edi. 

Google+ ijtimoiy tarmog‘i  2011 yilda paydo bo‘lgandi, lekin baribir u ommalashmadi, endi esa undan qariyb hech kim foydalanmayapti. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoqqa kirganlarning 90 foizi sahifani ochganu, shu zahotiyoq chiqib ketgan — hech kim 5 soniyadan ko‘p turmagan.

O‘QING:32 millionta kichkina raqam emas: Android qurilmalari Google Chrome bilan ishlashdan voz kechmoqda

Google ijtimoiy tarmoqlarining bir qismini  korporativ mijozlar uchun qoldiradigan bo‘ldi. Kelgusida kompaniya hamkorlari uchun ko‘proq imkoniyatlar qo‘shmoqchi hamda servisda korporativ tarmoqlar xavfsizligini to‘liq ta’minlamoqchi.

Google kompaniyasi vakillari Gmail’ning ishlashida ham o‘zgarish bo‘lganini ma’lum qildi. Endi chekka kompaniyalar dasturchilari foydalanuvchilar haqida kamroq ma’lumot oladi. Joriy yilning yozida yuzaga kelgan muammoni kompaniya shu yo‘l bilan hal qildi. O‘shanda ma’lum bo‘lgandiki, ayrib kompaniyalar foydalanuvchilarning maktublarini bemalol o‘qiy olgan, foydalanuvchilar esa buni hayoliga ham keltirmagan. Shundan buyon ixtirochilarning  Gmail orqali ma’lumotlarni o‘qishi  xavfsizlik taftishidan o‘tadigan bo‘ldi,  ma’lumotlar bilan ishlashning ham yangi tartiblari joriy qilindi.

O‘QING:Google pochtasining «intellektual» funksiyasi foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.