Google: LG V20 Android 7.0 Nougat versiyasidagi ilk smartfon bo‘ladi

Google: LG V20 Android 7.0 Nougat versiyasidagi ilk smartfon bo‘ladi

Avvalroq LG V20 modeli Android 7.0 Nougat versiya bilan ishlab chiqariladigan ilk smartfon bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

So‘nggi yangiliklarga qaraganda, mazkur smartfon AQShning San-Fransisko shahrida 6 sentyabr kuni namoyish etiladi. Smartfon Android 7.0 Nougat versiyasida ishlab chiqariladigan ilk smartfon bo‘lishi Google tomonidan tasdiqlangan.

Hozircha LG V20 modelining dizayn va texnik ko‘rsatkichlari haqida unchalik ko‘p ma’lumot mavjud emas. Oldinroq saytimizda berilgan xabarlarda ushbu smartfon dual kamera va 32-bitli Hi-Fi Quad DAC chip o‘rnatilgan jahondagi ilk smartfon bo‘lishi to‘g‘risida yozgan edik.