Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

  •   DiMaX
  •  2819
  •  08.05.2018 20:50

Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

Har yili Google kompaniyasi to‘qqizta toifa bo‘yicha o‘tgan bir yil davomidagi eng yaxshi o‘yinlari hamda ilovalarini aniqlab, maxsus taqdirlaydi. Joriy yildagi Google Play Awards sovrindorlarini kompaniya 8 may kuni o‘z blogida e’lon qildi.

O‘QING: 2018 yil 1-choragidagi eng zo‘r Android-ilovalar va mobil o‘yinlar

Quyida mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan Android-dasturlarni qisqacha tavsifi hamda yuklab olish havolasi bilan keltirmoqdamiz.

  1. Simple Habit Meditation

Ushbu meditatsiya ilovasi mingdan oshiq turli mashqlarni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar mobaynida siz faqatgina ustozning ovozini eshitasiz, u sizga xotirjamlik va ruhiy barqarorlik baxsh etadi.

Simple Habit Meditation ilovasini mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

  1. Be My Eyes

Ko‘zi ojiz kishi mazkur ilova orqali volontyor (ko‘ngilli yordamchi) bilan bog‘lanishi va undan yordam so‘rashi mumkin. Bu – yolg‘iz yashovchi ko‘zi ojizlar uchun tengi yo‘q dastur. Istagan sog‘lom kishi esa volontyor bo‘lib, ushbu dastur orqali ularga ko‘maklasha oladi.

Mazkur ilovani ushbu havola orqali ko‘chirib olish imkoni bor.

  1. Khan Academy

Navbatdagi dastur turli yo‘nalishlar: matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha ulkan bilimlar omborini jamlagan. Ilova 10 000 dan ortiq videoroliklar va 40 000 ta interfaol mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

“Xon akademiyasi”dan foydalanish uchun uni mana bu havola yordamida o‘rnatib oling.

  1. Old Mans Journey

Ushbu indi-o‘yinda siz olis safarga chiqqan chol rolida o‘ynaysiz. Siz bosh qahramonning hayot tarixi bilan tanishasiz, hayotning baxtli damlarini u bilan birga yashab ko‘rasiz va mash’um xatolarga yo‘l qo‘yasiz...

Ko‘pchilikka notanish bo‘lgan «indi-o‘yin» atamasi haqida mana bu maqolamizda O‘QING: 2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari

Vi Old Man’s Journey o‘yinini esa ushbu havola orqali smartfoningizga o‘rnatib olishingiz mumkin.

  1. Episode

Bu o‘yin romantik sarguzashtlardan iborat, ammo ularning syujeti sizning harakatlaringizga bog‘liq. Betakror personaj yarating, harakat joyini tanlang va o‘z tarixingizni yarating.

Episode o‘yinida o‘zingizni sinab ko‘rish uchun mana bu havola orqali uni yuklab oling.

  1. BBC Earth: Life in VR

Okean tubiga virtual sayohatga yo‘l oling. U yerda yashovchilar hayoti bilan tanishasiz, okean hayotida o‘rmonlarning tutgan o‘rnini bilib olasiz, mikroskopik hayot turlarini batafsil tomosha qilasiz.

BBC Earth: Life in VR dasturini ushbu havola yordamida smartfoningizga o‘rnatib olishingiz mumkin.

  1. Flipkart Online Shopping App

Bu – Hindistondagi ommaviy onlayn savdo maydonchasining rasmiy ilovasidir. Har ehtimolga qarshi, mana bu havola orqali yuklab olinadi.

  1. Canva

Mazkur Universal grafik muharrir yordamida fotosuratlarni qayta ishlash, kollajlar tuzish, taklifnoma – otkritkalar yaratish va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin

Mana bu havola orqali o‘rnatib olib, bir sinab ko‘ring-da o‘zingiz...

  1. Empires & Puzzles

Ushbu pazl-o‘yinda ko‘pchilikka tanish bo‘lgan «bir qatorga uchtasini terish» mexanikasi qal’alar qurish, boshqa o‘yinchilar bilan o‘ynash hamda o‘z qo‘shinini tashkil etish kabilar bilan uyg‘unlashtirilgan.

Bu o‘yinni ushbu havola yordamida smartfoningizga ko‘chirib olishingiz mumkin

O‘QING: TOP-10: mart oyidagi eng zo‘r Android-ilovalar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!