Google va LG eng tiniq VR-displeyini namoyish etdi: har bir ko‘z uchun 18 megapiksel

  •   Saroy
  •  842
  •  24.05.2018 10:04

Google va LG eng tiniq VR-displeyini namoyish etdi: har bir ko‘z uchun 18 megapiksel

Bir yil avval Google bilan LG kompaniyasi virtual reallikni haqiqiy olamdan ajratib bo‘lmaydigan yuqori kenglikdagi OLED-displeylarini ishlab chiqarish uchun kuchlarni birlashtirgan edi. Ushbu hamkorlik natijasi ularoq, eng zich, ya’ni bir dyuymga 1443 piksel bo‘lgan ekran yaratildi.

OLED-paneling mazkur qiyofadoshi 4800x3840 formatga ega, bu foydalanuvchining har bir ko‘zi uchun 18.4 megapiksel, deganidir. 4.3 dyuymli diagonalda zichlik 1443 ppi’ni tashkil etgan. Sharp va JDI’da bu ko‘rsatkich 1000 ppi edi. Ko‘rish maydoni 120x96 daraja.

Displey chastotasi yangilangan bo‘lib, u 120 Gs. Mobil protsessor  tasvir bilan ishlay olishi uchun, foveal nigohni imitatsiya qiladigan texnologiyadan foydalanilgan, ya’ni kadrning faqat foydalanuvchi qarayotgan qismi yanayam tiniqlashadi. Apparat resurslarini tejash uchun chastotani 75 Gs’ gacha tushirish mumkin. 

Ushbu ishlanma Display Week 2018 ko‘rgazmasda namoyish qilindi, ammo  Google bunday displey haqiqiy qurilmalarda qachon paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilmagan.

O‘QING: Bir ob’yektivli Galaxy S8 bosh kamerasi “qo‘sh ko‘zli” LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!