Google yangi – universal operatsion tizimni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2229
  •  03.01.2018 11:28

Google yangi – universal operatsion tizimni taqdim etdi

Hozirda aksariyat smartfonlar va planshetlarda qo‘llanayotgan Android operatsion tizimining ayrim kamchiliklari mavjudki, Google korporatsiyasi ularni hal etib tugata olmayapti. Masalan, har bir modeldagi qurilma uchun operatsion tizim yangilanishlarini chiqarish – smartfonsozlar uchun ortiqcha bosh og‘rig‘idir. Shu sababli, Google kompaniyasi Android bilan birga, parallel tarzda yana bir operatsion tizimi ustida ham uch yildan beri ishlab kelayotir.

O‘QING: Android o‘rniga Fuchsia OS’ni kutib oling! (+video)

Xullasi kalom, kecha – 2018 yilning 2 yanvarida, umuman kutilmaganda Google kompaniyasi o‘zining Fuchsia OS operatsion tizimini taqdim etdi. Bu – Chrome OS va Android tizimlarining oralig‘idagi o‘ziga xos bir ishlanma bo‘lib, universalligi bilan e’tiborli. Yangi operatsion tizim dasturlashning eng yangi tillaridan foydalangan holda yozilgan.

Hozirda Fuchsia OS operatsion tizimini «qidiruv giganti»ning noutbuklari – Pixelbook qurilmalariga bemalol o‘rnatib olish mumkin. Bundan tashqari, Google mazkur tizimning nozikliklari va o‘ziga xos jihatlari bilan dasturchilarni tanishtirish uchun rasmiy hujjatlarni ham tarqatgan.

O‘QING: Google'dan "issiqqina" PixelBook'ni qarshi oling

Fuchsia OS yaqin kelajakda Android o‘rnini butkul egallashi aytilayotir. Universalligi bois, uni nafaqat smartfon, planshet va noutbuklar, balki hatto televizorlarga ham o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Yana qisqa muddatlar ichida uni hatto smart-soatlarga ham o‘rnatish nazarda tutilgan.

Bulardan tashqari, Fuchsia OS operatsion tizimining o‘z uslubi bor – u iOS 11 uslubidan ham minimalistik interfeysga ega. Mazkur tizimda Google chiroyli va sodda dizaynga ko‘proq ahamiyat qaratgan.

O‘QING: iOS va Android ziddiyati: boshi berk ko‘cha

Demak, hozirdanoq Pixelbook’larga o‘rnatish mumkin bo‘lgan Fuchsia OS operatsion tizimining smartfonlar uchun ham ochiq taqdim etilishini kutamiz. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.