GoPro Hero7 namoyish qilindi: ekshn-kamera yangi barqarorlashtirish tizimida

  •   Saroy
  •  450
  •  21.09.2018 14:24

GoPro Hero7 namoyish qilindi: ekshn-kamera yangi barqarorlashtirish tizimida

GoPro kompaniyasi Hero7 ekshn-kameralarning yangi qatorini namoyish qildi, Qatorda  Black, Silver va White modellari bor. Qurilmalar oktyabr boshlaridan sotuvga chiqariladi.

Hero7 Black flagman  HyperSmooth barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘ldi, u giroskop hisobiga ishlaydi va videodagi kartinkalarnining titrashini to‘xtatadi. Kompaniyaning ta’minlashicha, bunday funksiya bilan qo‘shimcha qo‘lda ishlatadigan stedik xarid qilish shart emas. Barqarorlashtirgich kuchli silkinishda, shamol va hatto suv ostida ham ishlay oladi.

Kamerada TimeWarp taymlapsning yangi rejimi paydo bo‘ldi, u uzun videoroliklarni 30 marotaba tezlashtiradi. Shuningdek, Hero7 Black Facebook, YouTube, Twitch va  Vimeo’larda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyasiya olib borishni ham o‘rganib oldi.

O‘QING:Smartfon kameralarining siz bilmagan 13 ta funksiyasi

Qolgan jihatlari bilan 7 Black o‘tgan modelni takrorlagan. Soniyasiga 60 ta kadr va 240 kadrda Full HD’da 4K da videosuratga olishni qo‘llab quvvatlaydi. Fotoning maksimal formati 12 Mp. Kamera korpusi suvdan himoyalangan, qo‘shimcha keys kerak bo‘lmaydi.

Black flagmanidan tashqari, qatorga yana  yanada arzonroq Silver modeli ham qo‘shildi. U soniyasiga 30 ta kadr chastotasida 4K da videosuratga oladi.  White modeli  videosining maksimal formati esa 2K. Ularda giroskop bilan birga HyperSmooth barqarorlashtirgichi yo‘q va translyasiya ham,  7 Black flagmanining boshqa funksiyalari ham yo‘q. Ammo suv o‘tkazmaydigan korpusga hamda rangli sensorli displey qoldirilgan.

O‘QING:HMD Global Nokia smartfonlaridagi kameralarning standart ilovalarini yangiladi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!