Gree firmasi Snapdragon 835 chipida ishlaydigan smartfon yaratadi

Gree firmasi Snapdragon 835 chipida ishlaydigan smartfon yaratadi

Avvalroq saytimizda Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘lishi haqida xabar bergan edik. Yaqinda paydo bo‘lgan boshqa ma’lumotlarda esa, O‘zbekistonda konditsioner va boshqa maishiy texnika vositalari bilan yaxshi tanilgan Xitoyning Gree firmasi ham Snapdragon 835 chipida ishlaydigan smartfon ustida ishlayotgani haqida so‘z yuritilgan.

Xususan, Gizmo China nashrining yozishicha, garchi Gree firmasi smartfon tayyorlash borasida hali katta tajribaga ega bo‘lmasa-da, u kuchli protsessor bilan ta’minlangan qurilmalarni bozorga chiqarish maqsadida. Hozircha ushbu smartfonga tegishli texnik parametrlar to‘g‘risida hech qanday tafsilotlar oshkor etilmagan.

Taxminlarga ko‘ra, yangi Gree smartfoni shu yilning may oyida taqdim etilgan Gree 2 modelining kichikroq versiyasi bo‘lishi ham mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!