Hamyonbop Galaxy J6 va J4 smartfonlarining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  4648
  •  14.05.2018 10:41

Hamyonbop Galaxy J6 va J4 smartfonlarining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Janubiy koreyalik gigantning hamyonbop smartfonlar bozori uchun tayyorlayotgan Galaxy J4 hamda Galaxy J6 modellari xususida avvalroq xabarlar berganmiz. Kuni kecha SamMobile resursi bu gadjetlarning batafsil parametrlarini e’lon qildi.

O‘QING: Hamyonbop Samsung Galaxy J4 (2018) tayyor: xususiyatlari, surati va videosi!

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy J4 modeli 5,5 dyuymlik ekranga ega bo‘ladi. 1280x720 pikselli displeyning turi esa hozircha noma’lum. Smartfon Exynos 7570 protsessori bazasida, 2 yoki 3 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Uning asosiy va old kameralari tegishlicha 13 va 5 megapikselli sensorlarga ega.

Uning «aka»si – Galaxy J6 esa diagonaliga 5,6 dyuymlik, xuddi kompaniyaning flagmanlari kabi Infinity Display dizaynidagi ekranga ega. Telefon displeyining tasvir sifati 1480x720 pikselli bo‘lishi taxmin qilinayotir. Samsung bu devaysiga o‘z ishlanmasi bo‘lgan protsessor – Exynos 7807 chipini o‘rnatmoqda. Smartfonning modifikatsiyasi va qaysi bozorga mo‘ljallab chiqarilishiga ko‘ra xotiralari har xil. Ya’ni, unga 2, 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor hamda 32 yoki 64 gigabaytlik doimiy xotira o‘rnatiladi. Telefonning bosh kamerasi 13, selfi-kamerasi esa 8 megapikselli datchiklar bilan ta’minlangan.

O‘QING: Samsung hamyonbop, ammo flagmancha ekranli Galaxy J6 smartfonini e’lon qildi

Ushbu har ikkala smartfon ham Android Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi va 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega akkumulyator bilan jihozlangan.

Galaxy J4 hamda Galaxy J6 modellarining taqdimot va bozorga chiqish sanasi hozircha noma’lum, ammo Samsung’ning ko‘plab smartfonlarini o‘zimizda ham kafolat bilan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 7 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!