Honor View 10 yangilanmoqda

  •   Saroy
  •  578
  •  03.10.2018 11:06

Honor View 10 yangilanmoqda

Huawei Mate 10 Pro ketidan Honor View 10 smartfoni ham yangi  Android 9 Pie operatsion tizimini ola boshladi.

Proshivkaning yig‘ilgan  raqami  9.0.0.108 va u, allaqachon Yevropadagi smartfonlarga tarqatila boshlandi. Yangilanishda EMUI 9 qobig‘ining yangi versiyasi mavjud. Bundan tashqari, tizimda interfeys o‘zgartirildi, mustaqil ishlash samaradorligi yaxshilandi, shuningdek boshqarish jestlari bilan ta’minlandi. Yangilangan rejimda tezlashtirilgan  GPU Turbo 2.0 grafigi va boshqa ko‘plab yangiliklar ham bor.

O‘QING:RASMAN: Xiaomi smartfonlarning barqaror global MIUI 10’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi!

Eslatib o‘tamiz, Honor View 10 shu yilning yanvar oyida namoyish qilingan edi. Smartfon kengformatli 5.99-dyuymli displeyga ega. Formati Full HD+. Qurilmaning ishlashini Kirin 970 chipseti ta’minlaydi. Devaysda 4/6 GB OZU, 64/128 GB PZU o‘rnatilgan,  qolaversa 16 Mp + 20 Mp bo‘lgan ikkitalik kamera  va  3750 mAch sig‘imli batareya ham qurilmaning imkoniyatlaridan guvohlik beradi.

O‘QING:iOS 12 yangilanishi boshlandi: endi eski iPhone’larga ham jon kiradi