HP: Windows 10 Mobile operatsion tizimida smartfonlarni ishlab chiqaramiz

HP: Windows 10 Mobile operatsion tizimida smartfonlarni ishlab chiqaramiz

So‘nggi yillar davomida HP turli operatsion tizimlarni sinab ko‘rdi. Ammo kompaniya ko‘p hollarda Windows dasturini ma’qul ko‘radi. Hozirda HP Windows 10 Mobile operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalarni ishlab chiqarishni rejalashtirib, Android tizimidan voz kechmoqda. Buning sababi shuki, kompaniya planshet va kompyuterlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

HP bu strategiyasi bilan Dell kompaniyasining ishini takrorlamoqda. Gap shundaki, Dell ham Windows dasturiga yanada kuchli urg‘u berish uchun Android platformasida mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi. Bu orada Lenovo garchi Android platformasidagi planshet va smartfonlarni sotayotgan bo‘lsa-da, ammo planshetlarda ushbu dasturning ulushini kamaytirib, u ham Windowsning imkoniyatlarini keng baholamoqda.

HP kompaniyasining maqsadi juda oddiy: u barcha mahsulotlarni Apple singari yagona operatsion tizim atrofida birlashtirmoqchi. Bu maqsad Samsung uchun ham bag‘oyatda dolzarb. Negaki uning turli formfaktordagi mahsulotlari har xil plat formalarda ishlamoqda. Masalan, noutbuklari Windows, planshet va smartfonlar Android, smartvotch va televizorlar Tizen dasturida faoliyat ko‘rsatadi. Agar janubiy koreyalik gigant o‘z vaqtida bu ishga qo‘l urmasa, kelajakda barcha qurilmalarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashda muammolarga uchrashi mumkin.
Hozirda HP Windows 10 Mobile dasturida ishlaydigan Elite X3 qurilmasi bilan smartfon bozoriga qayta kirib kelmoqda. Windows 10 Mobile dasturidagi smartfonlarni ishlab chiqarayotgan kompaniya, shu yilning birinchi choragida Gartner keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon bozorining atigi 0.7 foizini egallay olgan, xolos.

Aslida, voqealarga real qaraladigan bo‘lsa, HP shubhasiz, Windows 10 Mobile va Android platformalarida smartfon yaratishi mumkin edi. Biroq kompaniyaning kompyuterlari va virtual reallik qurilmalari uchun Windows dasturi afzal hisoblanadi.

HP vitse-prezidenti Maykl Parkning aytishicha, Windows 10 Mobile smartfon bozorida katta ulushga ega emas. Bu esa ushbu dasturda ishlaydigan qurilmalar savdosiga salbiy ta’sir qilishi tabiiy. Ammo kompaniya ayni vaqtda Windows kompyuterlaridagi ilovalardan foydalayotgan ofis ishchilari uchun premium darajadagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutgan. HP bunday qaror kompaniyaga katta daromadga keltirishiga ishonmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.